Vladimir Putin dzyudo mashqlarida barmog‘ini jarohatladi

Vladimir Putin dzyudo mashqlarida barmog‘ini jarohatladi
Ushbu hodisa 14 fevral kuni oqshomda prezidentning Rossiya, Turkiya va Eron Islom Respublikalarining uch tomonlama sammitida ishtirokidan so‘ng Sochidagi Yug-Sport tatami markazida yuz berdi, deb yozadi sports.ru nashri.
Xabarda Rossiya Prezidenti 2016 yilgi Olimpiada o‘yinlarining 60 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda dzyudo bo‘yicha chempioni Beslan Mudranov bilan bo‘lgan olishuvda barmog‘idan jarohat olganligi, shunga qaramay Putin bahsni davom ettirgani bayon qilinadi.
Tashrif oldindan rejalashtirilgan edi, bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Mudranovdan tashqari Vladimir Putin boshqa olimpiya chempionlari bilan ham kurashgan.
Ushbu bellashuvlardan so‘ng, prezident o‘zining sportga bo‘lgan munosabati haqida gapirdi:
Tibbiy faktlarga ko‘ra, insonning jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishi, tanadagi adrenalinning oshishiga, kayfiyatning ko‘tarilishiga va hayotga teranroq qarashiga sabab bo‘ladi. Buni pushtirang ko‘zoynakni yechganingizda atrof ko‘zingizga boshqacha ko‘rina boshlashiga qiyoslasa bo‘ladi. Bu murakkab effekt.
Sportchilar qanchalik yuqori shohsupalarga ko‘tarilsa, shunchalik chidamli bo‘lib boraveradi. Ular hammasini kichik barmoqlari bilan his qiladi. Nafaqat sezadi, balki nima bo‘layotganini tushunadi. Va qayerda kerak bo‘lsa, himoya qiladi, yordam beradi ular bilan o‘zingni hamisha bexavotir sezasan , deydi prezident.
Ta’kidlash joizki, Vladimir Putin o‘smirlik chog‘laridan buyon sportning turli xil turlari bilan shug‘ullanib keladi. U sambo, dzyudo, chang‘ida uchish hamda xokkey bilan professional darajada tajribaga ega. Putin 1973 yilda sambo bo‘yicha sport ustaligini ham yoqlagan.
Manba: uza.uz

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!