“Virtual nikoh” nima? Uning oqibatlari va joiz emasligi

A A A
“Virtual nikoh” nima?  Uning oqibatlari va joiz emasligi

Zamonaviy aloqa vositalari, jumladan internetdagi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining munosabatlari va taraqqiyotning bu mahsulidan foydalanish xususida ko‘p gapirildi. Ta’kidlash joizki, mobil aloqa vositalari hayotimizga kirib kelganiga ko‘p bo‘lgani va ular bilan bog‘liq madaniyat insonlarda shakllanganiga qaramay, hanuz bu borada kishini jiddiy o‘yga toldiradigan salbiy holatlarga duch kelinyapti.

Elimizda, oila tushunchasi muqaddas hisoblanadi. Shu sababdan oilaviy munosabatlarga jiddiy qaraladi. Urf-odatlarimizga ko‘ra, kelin yoki kuyovlikka nomzodning nasl-nasabi, salomatligi, ijtimoiy ahvoli obdon so‘rab-surishtiriladi. Sovchilik, Maslahat oshi , Unashtiruv , Fotiha to‘y kabi urf-odatlarning zamirida baxtli nikoh, mustahkam oila barpo etish muddaosi yotadi. Afsuski, davrimizga kelib, zamonaviy texnika va axborot vositalari milliy qadriyatlarimizga rahna solyapti. Virtual tanishuv , Virtual do‘stlik , Virtual sevgi kabi ijtimoiy tarmoqlardagi munosabatlar sirasiga Virtual nikoh jumlasi ham kirdi. Ha, yanglish o‘qimadingiz, ayni paytda Virtual nikoh jumlasi internet foydalanuvchilari orasida yangilik emas. Taassufki, muqaddas nikoh munosabatiga jiddiy qaramaydiganlar ijtimoiy tarmoqlarda turmush qurib , ajrashish ga ham ulgurishyapti.

Voqea: Oilasi bilan AQShga ish vajidan ketgan ayol, biroz vaqt o‘tib erini ichkilikka ruju’ qo‘ygani va mas’uliyatsizligini ro‘kach qilib ajrashmoqchi bo‘ldi. Uch farzandi borligini eslatib ayolni yo‘ldan qaytarishga uringanlarga, erining bolalari kelajagini ro‘kach qildi. Oila parokanda bo‘ldi. Biroz vaqt o‘tib ayol asli o‘zbekistonlik bo‘lgan, Koreada ish vajidan yashaydigan erkak bilan tanishdi. Izoh so‘raganlarga, Tushkunlikda ezilib yurgan paytlarimda taqdir menga baxtimni yo‘liqtirdi , dedi. Erkak xotini vafot etib, ikki farzandi bilan qolganini, bolalari O‘zbekistonda, onasining qaramog‘idaligini aytib ayolni xotirjam qildi. Bir muddat internetda yozishib, video muloqotlarda gaplashib yurishgach, erkak ayolga turmush qurishni taklif qildi. Nikoh o‘qitib qo‘yishsa, ko‘ngli xotirjam ishlab, mablag‘ topib AQShga borishini va’da bergan erkakning taklifi ayolga ma’qul tushdi. Skayp orqali nikoh o‘qildi. Bir yil mobaynida er-xotin ijtimoiy tarmoqlarda gaplashib yurishdi. Kutilmaganda, erkak Koreaga ishlagani borgan bir o‘zbek ayolga uylanganini aytib, elektron pochta orqali taloq xati yozib yuboribdi. Bunga chidolmagan ayol betob bo‘lib yotib qoldi. Oradan biroz vaqt o‘tib internetda turkiyalik bir erkak bilan tanishgan ayol o‘tmishdagi virtual nikohini unutdi. Turkiyalik oilasidan ajrashganini, ikki farzandi borligi, bir bolasi o‘zi bilan qolganini aytdi. Erkak ayolni avray turib: Begona ayol bilan erkakning har qanday munosabatlari ham gunoh bo‘ladi. Siz bilan xotirjam gaplashishim uchun halolim bo‘lishingiz kerak , deb telefonda o‘zlariga o‘zi nikoh o‘qib qo‘ya qoldi. Bir haftadan keyin Turkiyadan ayolning AQShdagi ijara uy manziliga nikoh uzugi solingan jo‘natilma bordi. Bu voqeaga ikki yil bo‘ldi. Ayol virtual er ini hayotda bir marta ham ko‘rmagan. Lekin u haqida gapirganida, Turmush o‘rtog‘im bolalaringga o‘zim otalik qilaman deyaptilar deb entikib gapiradi...

Mulohaza: Har doim yonida yurib, o‘z pushti kamaridan bo‘lgan zurriyotlariga otalik qilolmagan erkakdan kuygan ayol, qaysi aql, qaysi tafakkur bilan hayotda bir bora ko‘rmagan, fe’l-atvorini bilmagan yetti yot begona erkak bolalariga otalik qilishiga ishonyapti? Ko‘r hassasini bir marta yo‘qotadi, deydilar. Qalb ko‘zi so‘qirlar esa hayot yo‘lining har qadamida hassasini yo‘qotaversa ham hushyor tortmaydi...

Xorijda

Virtual nikoh lar xususida islom.uz saytida quyidagi mulohazalar keltirilgan:

AQShda istiqomat qilayotgan Asad Fahuriy va Livanning Tir shahridan bo‘lgan uning rafiqasi Xaura Said Skype orqali nikoh o‘qitdi. Nikoh o‘qilishi jarayonini ularning juda ko‘p do‘stlari va qarindoshlari guvoh bo‘lishdi. Asad va Xauraning voqeasi shunga o‘xshaydigan juda ko‘p voqealarning bittasi, xolos. Yoshlar avval tanishadi, so‘ng esa, nikohlarini ham internet orqali o‘qitib olishadi. Ba’zilari kambag‘allikdan, ba’zilari esa be’mani urf-odatdan charchaganidan, boshqalari esa o‘zlarini juda zamonaviy qilib ko‘rsatish uchun ham shunday qilishadi. Nikohning oson o‘qilishi va ajrashib ketishlar ham oson bo‘lishi ma’lum ma’noda xavotirga sabab bo‘lmoqda.

2013 yili Madina shahrining mahkamasi eridan uch marta taloq deb aytilgan ovozli xabar olgan ayolning nikohini bekor qildi. Saudiyalikning yengiltakligi sudya Muhammad Jizlaniyni shu darajada g‘azablantirdiki, u nikoh va taloqqa yengiltaklik bilan qaraydiganlar uchun jinoiy ish qo‘zg‘ashni talab qildi. Shunday bo‘lsa ham, bunga o‘xshab taloq beruvchilar tasodifan , bilmasdan bu ishni qilib qo‘ydi, deb ayta olmaymiz. Ikki yil oldin Tojikistonda SMS orqali taloq berish juda ko‘payib ketgani bunga misol bo‘la oladi. Rossiyada ishlab yurgan tojikistonliklarning soni bir million atrofida ekani aytiladi. Ko‘pincha, ishga yaxshi o‘rnashib olgan va topish-tutishi yaxshilangan erkaklar yangi joylardan o‘zlariga osongina juft topib olishmoqda va oldingi xotinlariga SMS yuborib osongina ajrashib ketishmoqda.

Faqat istisno tariqasida

Nikoh o‘qitmoqchi bo‘lganlar qanday talablarga rioya qilishlari kerak? Nikoh o‘qitish uchun telefondan foydalangan ma’qulmi yoki Skypedanmi? Guvohlar nikoh o‘qitilayotgan vaqtda kuyovni ko‘rishlari shartmi? Va nihoyat, eng muhimi: shariat bunday nikohlarga ruxsat beradimi?

Islomda virtual nikohlar istisno tariqasida hamda ba’zi shartlar bilan joiz, deydi Moskva Islom universitetining Islomiy ilohiyot bo‘limi dekani Muhammad Basir Hasanov. Nikoh o‘qiyotgan odam, kuyovni shaxsan tanishi yoki u haqida o‘ta ishonchli odamlardan bilishi kerak, deydi Olim. Uning so‘ziga ko‘ra, u internet nikohlar bilan hali duch kelmagan. Biroq telefon orqali nikohlar oddiy holatga aylandi. Ayniqsa, unga qamoqda bo‘lganlar shu masalada ko‘p murojaat qilishar ekan, chunki ularda bundan boshqa yo‘l yo‘q. SMS orqali taloq joiz (mumkin) emas, deb qo‘shimcha qiladi Hasanov: Chunki, telefoningizni kimdir olib xayoliga kelgan narsalarni yozib, yuborishi ham mumkin-ku! Musulmon ulamolarining bu masala bo‘yicha o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondoshishlarini tushunsa bo‘ladi. Chunki, begona odam telefon yoki kompyuteringizga egalik qilishidan tashqari, taloqqa tegishli so‘zlarni o‘xshatib yasashi (montaj qilishi) ham mumkin. Zamonaviy texnik vositalarida bu ishni osongina amalga oshirsa bo‘ladi. Ehtimol, aloqa vositalarining yanada rivojlanishi bilan virtual nikohlar va taloqlarga chek qo‘yilsa kerak...

Aldamchi hayot shirin tuyuladi

Internetda Virtual nikoh , Virtual oila qurishga ishonadiganlarning ruhiy muammosi borligi aniq. Ko‘p hollarda real hayotdan qo‘rqadigan, ruhan yolg‘iz va o‘ta irodasiz kishilar bunday soxta munosabatlarga chuv tushishadi. Tushkunlik paytda, ularni yolg‘iz qoldirmagan ma’qul. Chunki shundoq ham ruhiy iskanja holatida bo‘lgan insonni virtual munosabatlar real hayotdan uzoqlashtirib, jamiyatdan ajratadi. Muammolarni badtar chigallashtiradi. Tabiiyki, virtual hayotga berilganlarga, boshqalar telbaga qaraganday qarashadi. Oqibatda ruhiy tushkunlikdagi odam yonidagilardan uzoqlashib, virtual yaqin iga osongina bog‘lanadi. Virtual munosabatlar inson, ayniqsa, shaxsiy hayotdan omadi chopmagan kishiga ta’siri oson kechishi sababi shundaki, bu olamda inson o‘zi xohlaganidek yashaydi. Albatta, aldamchi hayot shirin tuyuladi. Irodasi ojiz kishi virtual munosabatlarga mukkasidan ketadi. Bu ko‘ngilga yuk va zarba bo‘ladi. Shuning uchun ham virtual munosabatlardan uzoqlashgan va bunga jiddiy qaramagan ma’qul. Hayotda har xil holat, vaziyat bo‘lishi, inson ba’zan tushkunlikdan qattiq aziyat chekishi, chalg‘ish va o‘zini ovutishga biror narsa topishni istashi tabiiy. Shunday holatlarda, ijtimoiy tarmoqlar, virtual tanishuvlardan emas, haqiqiy o‘zingizni o‘rab turgan muhitdan, hayotdan zavq olishga urining. Odamlardan qochib, uzoqlashishni istagan odam esa kitobdan yaqinlik va do‘stlik istagani yaxshi samara beradi. Tushkunlikda kitob o‘qish eng foydali mashg‘ulot. Birinchidan, fikri yodingizni band qilgan salbiy o‘y-xayollardan chalg‘iysiz. Ikkinchidan, kitob o‘qish mobaynida miya boshqa paytdagidan ko‘ra faolroq ishlaydi. Balki, mutolaa jarayonida vaziyatdan chiqish yo‘llarini toparsiz. Eng asosiysi, kitob o‘qish ruhiy zo‘riqishni yengishda yordam beradi. Tushkunlik va noxush kayfiyatda iloji boricha internetdagi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmagan ma’qul.

Mulohaza: Milliy qadriyatlarimizda, inson o‘z nafsi ko‘yida bilganicha yashashga haqli emas. U atrof bilan hisoblashib yashashga majbur. Zero, Islom dinida tanimagan-bilmagan odamga guvohlik berish, yaqin insonlarga ma’lum qilmagan, ota-ona yoki uning o‘rnini bosuvchi kishilarning rozi-rizoligisiz nikoh o‘qitib turmush qurish mumkin emas. Holbuki, nikoh Alloh taolo huzuridagi ahd bo‘ladi. Bugun bu ne’matga nisbatan yengil-elpi qarash, shunchaki ermak qilish Allohga va Uning shariatiga nisbatan hurmatsizlik sanaladi. Hadisi sharifda: Alloh taoloning bandalariga halol qilib bergan narsalari ichida, Uning g‘azabini, nafratini qo‘zg‘atadigani taloqdir , deyilgan (Imom Abu Dovud rivoyati).

HIKMAT

Internet orqali o‘zgalar bilan aloqa qilishda ish aynan internet orqali nikohlanishgacha yetib bormasligi kerak. Ba’zi odamlar turli sabablarga ko‘ra, telefon yoki internet orqali shar’iy aqdi nikoh qilishni (bizdagi nikoh o‘qitishni) o‘zlariga ravo ko‘rishmoqda. Ba’zilar esa bu ishning shariatda joiz yoki joiz emasligini so‘rashadi. Yana birlari bu ishni amalga oshirganlari haqida xabar berishadi. Ushbu masalada ulamolar orasida ham bir oz ixtilof bor. Ammo ko‘pchilik yangi aloqa vositalari, jumladan, internet orqali nikohlanishga ruxsat bermaydi. Ular bunda nikohning shartlari, jumladan guvohlar mavjud bo‘lmasligini dalil qilishadi. Yana ham chuqurroq ketganlar esa: Hamma shartlar mavjud bo‘lsa ham mazkur vositalar ila nikoh o‘qitishi durust emas. Chunki bu ish nikohning muqaddasligiga putur yetkazadi , deydi. Ular Alloh taolo iyjob va qabulni, guvohlar hozir bo‘lishini va boshqa shartlarni bejizga joriy qilmagan, deyishadi ( Ijtimoiy odoblar kitobi, 259-bet)

So‘ngi so‘z o‘rnida

Inson yolg‘izlikda baxt topmaydi. Haqiqiy halovat va saodat oilaviy munosabatlarning risoladagidek bo‘lishida. Shuning uchun momolarimiz nikohdan oldin sovchilik udumiga jiddiy qarashgan. Zamonaviy texnika vositalaridagi tanishuvu muloqotlar asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyatlarimizni yemirishga haqli emas. Bu haqiqatga har bir mo‘min banda hurmat bilan amal qilsa, dunyodagi baxtiyor oilalar ko‘payadi, ularning Yaratgan Rabbisi huzurida yuzi yorug‘ bo‘ladi, inshaalloh.

Umida ADIZOVA tayyorladi,

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Peres “Real”dan ketadigan sakkiz futbolchini aniq ko‘rsatdi. Ro‘yxat yana kengayishi mumkin

Мадриднинг “Реал” клуби президенти Флорентино Перес жорий мавсум тугагач, жамоани тузилмавий янгилашни режалаштирмоқда.

Gvardiola: «Iltimos, uni maqtashni to‘xtating»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола Райан Шеркини Премьер-лиганинг мавсумдаги энг яхши футболчиси совринига номзод сифатида қараш керакми-йўқми, деган саволга жавоб берди.

O‘zbekistonlik ikki futbolchi Portugaliya klubiga yo‘l olmoqda

Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси футболчилари Садриддин Хасанов ва Сайфиддин Содиқов Португалиянинг "Брага" клубига ўтиши мумкин.

Hakam: Husanovga qizil kartochka ko‘rsatish kerak edi!

Англия Премьер-лигасининг 33-турида “Манчестер Сити” футболчилари мусобақа пешқадами “Арсенал”ни 2:1 ҳисобида мағлубиятга учратиб, яна чемпионлик курашига қайтди.

Italiya OAVlari Makronning Jorja Meloni bilan uchrashuvdagi harakatlarini keskin tanqid qildi

Франция президенти Эммануэль Макрон ва Италия бош вазири Жоржа Мелонининг Париждаги учрашуви сиёсатчиларнинг ҳаддан ташқари яқин қучоқлашиши сабабли можарога айланди.

Tehron Eron kemasini qo‘lga olganidan keyin AQSh harbiy kemalariga hujum qildi

Бу ҳақда Tasnim ахборот агентлиги хабар бермоқда.

"Real" Chempionlar ligasida ikkinchi bor g‘olib bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клуби Ёшлар ўртасидаги УЕФА Чемпионлар лигасида иккинчи бор ғолибликни қўлга киритди.

Maydagi "el-klasiko"ning boshlanish vaqti ma’lum bo‘ldi

Испания Ла Лигаси 35-тури доирасида "Барселона" "Реал"ни ўз майдонида қабул қилади.

Abduqodir Husanov dunyodagi eng yaxshi yosh futbolchilar reytingiga kiritildi

Ўзбекистон терма жамоаси ва «Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов CIES версиясига кўра 23 ёшгача бўлган энг яхши футболчилар рўйхатига киритилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Dahshat! Hokim ishi: pora ishimi yoki ssenariy?

У 60 минг АҚШ доллари миқдорида пора олишда ҳам айбланмоқда.

Ukrainaning yangi «syurprizi» haqida

Украина фронтда Россия армияси учун технологик «сюрприз» тайёрламоқда, муваффақиятли музокаралар эса фақатгина Украина Қуролли Кучларининг кучли позицияси шароитидагина мумкин бўлади.

«Manchester Siti»ga yangi yulduz keladi

«Челси» ярим ҳимоячиси Энцо Фернандес АПЛнинг бир клубини бошқасига алмаштириши мумкин.

Tehron Oq uyning rejalari chippakka chiqqanini ma’lum qildi

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили Эсмоил Бағаи SNNTV эфирида маълум қилди.

Sobiq hokim ustidan sud boshlanadi

Эслатиб ўтамиз, у 2025 йил 2 сентябр куни гумонланиб ҳибсга олинган.

Surxondaryodagi suv havzalaridan biri neftga o‘xshash modda bilan ifloslandi

Айтилишича, сел оқими нефть сақланган сунъий омборга зарар етказган бўлиши эҳтимолдан холи эмас.

Chirchiqda bezorilik bilan shug‘ullangan shaxslar qo‘lga olindi

Маълум қилинишича, ДХХ ва ИИВ органлари томонидан уюшган жиноятчиликка қарши курашиш йўналишида тезкор-қидирув тадбири ўтказилган.

Isroil: Eron rahbariyatiga qarshi harakatlar uchun tayyorgarlik bor

Исроилнинг Исроил Кац баёнотига кўра, агар АҚШ томонидан рухсат берилса, Исроил Эрон раҳбариятига қарши кескин чоралар кўришга тайёр.

Fransiya va Polsha harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirmoqda

Франция ва Польша Болтиқ денгизи ҳудудида қўшма ҳарбий машқлар ўтказиш имкониятини муҳокама қилмоқда.

Buxoroda 18 yoshli ayol 3 kunlik chaqalog‘ini $4 mingga sotmoqchi bo‘ldi

Хабарга кўра, 2008 йилда туғилган, Бухоро туманида яшовчи фуқаро ҳали уч кунлик бўлмаган қиз фарзандини ғаразли мақсадда сотишга уринган.

Shavkat Mirziyoyev Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi prezidenti etib saylandi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 22 апрель куни Оролни қутқариш халқаро жамғармаси (ОҚХЖ) таъсисчи давлатлари раҳбарлари кенгашининг навбатдаги йиғилишида иштирок этди.

RES 2026: bioxilma-xillikni asrashga qaratilgan mintaqaviy deklarasiya imzolandi

Остона шаҳрида ўтказилаётган Минтақавий экологик саммит доирасида биоxилма-хилликни асраш соҳасида ҳамжиҳатлик ва қўшма ҳаракатларни кучайтиришга қаратилган Марказий Осиё ташаббусини ишга туширишга бағишланган “Минтақавий барқарорлик учун табиат билан уйғунлик” мавзусидаги юқори даражадаги сессия бўлиб ўтди. Ушбу тадбир минтақа давлатларининг табиатни муҳофаза қилиш идоралари, халқаро ташкилотлар ва ҳамкорларни бирлаштириб, Марказий Осиёнинг ноёб табиий меросини асраш бўйича келишилган ёндашувларни ишлаб чиқиш учун муҳим платформага айланди.

Telegram messenjeri orqali sodir etilayotgan narkojinoyatlarni aniqlash va fosh etish metodikasi

Ushbu maqolada axborot texnologiyalari rivojlangan davrda Telegram messenjeri orqali amalga oshirilayotgan narkotrafikning zamonaviy usullari va ularga qarshi kurashishning dolzarb masalalari tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy maqsadi — kiberfazoda anonimlikni saqlashga urinayotgan jinoiy guruhlarni aniqlashda qo‘llaniladigan raqamli kriminalistika (Digital Forensics) va ochiq manbalardan razvedka qilish (OSINT) metodlarini tahlil qilishdan iborat. Shuningdek, maqolada "zakladka" tizimi, kriptovalyuta orqali hisob-kitoblar va sun’iy intellekt yordamida shubhali botlarni filtrlash imkoniyatlari batafsil yoritilgan.

Ostona sammiti: Shavkat Mirziyoyev qanday takliflarni ilgari surdi?

Қозоғистон пойтахти Остона шаҳрида Минтақавий экологик саммит — “RES 2026” ўз ишини бошлади (22–24 апрель). Ушбу форум давлатлар раҳбарлари, халқаро ташкилотлар, молиявий институтлар ва экспертлар ҳамжамиятини бирлаштириб, Марказий Осиёдаги экологик ҳамда иқлим муаммоларига ечим топиш учун энг йирик платформага айланди.

Lolaqizg‘aldoqni "peshonasidan o‘paman" deb payxon qilgan "qo‘shiqchi" opa jarimaga tortildi

Шунингдек, лолаларга шикаст етказган бошқа ҳуқуқбузарларга ҳам қатъий чоралар кўрилмоқда

Shavkat Mirziyoyev xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan birga O‘zbekiston pavilyonini ko‘zdan kechirdi

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистонга амалий ташрифи дастури доирасида 22 апрель куни Марказий Осиё мамлакатлари, Мўғулистон, Озарбайжон, Грузия ва Арманистон делегациялари раҳбарлари билан биргаликда Остона шаҳридаги “EXPO” халқаро кўргазмалар марказида ташкил этилган Минтақавий экологик саммит кўргазмасидаги миллий павильонларни бориб кўрди.

“Mossad” xodimi Eronga qarshi operasiyalar vaqtida Isroil tashqarisida o‘ldirildi

Исроил ташқи разведка хизмати — Моссад раҳбари Давид Барнеа Эронга қарши операциялар давомида хизмат ходимларидан бири Исроилдан ташқарида ҳалок бўлганини маълум қилди.

Sudan urushi: ayollar va qizlar uchun dunyodagi eng og‘ir gumanitar inqiroz

БМТ маълумотларига кўра, 17 миллиондан ортиқ аёл ва қиз ҳозирда гуманитар ёрдамга муҳтож.

Tramp: Isroil meni Eron bilan urushga undamagan

АҚШ президенти Дональд Трамп Исроил уни Эронга қарши уруш бошлашга ҳеч қачон ундамаганини билдирди.

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 72 mingdan oshdi

Бу ҳақда Ғазо Соғлиқни сақлаш вазирлиги сўнгги маълумотларни эълон қилди.

Xalqaro e’tirof: O‘zbekiston BMTning muhim komissiyasiga saylandi

Нью-Йорк шаҳрида ЭКОСОС сессияси доирасида бўлиб ўтган сайловлар якунларига кўра, Ўзбекистон Республикаси 2027–2029 йиллар учун БМТнинг жиноятчиликнинг олдини олиш ва жиноий одил судлов бўйича комиссияси аъзолигига сайланди.

Homanaiy: Eron AQSh va Isroilga yangi zarba berishga tayyor

Эрон олий раҳбари оятуллоҳ Мужтабо Ҳоманаий мамлакат ҳарбий-денгиз кучлари АҚШ ва Исроилга қарши янги зарбалар беришга тайёрлигини билдирди.

Rasman: Kiyevdagi otishma gumondori Rossiyada tug‘ilgan

Украина президенти Владимир Зеленскийнинг маълум қилишича, Киевда отишма уюштириб, олти кишининг ўлимига сабаб бўлган шахс аввал ҳам жиноий жавобгарликка тортилган.

Evroittifoq ehtimoliy aviayoqilg‘i taqchilligiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Брюсселда ўтган брифингда Европа комиссияси вакили Анна-Кайса Итконен бу ҳолат ҳозирча реал муаммога айланмаганини, бироқ хавф тобора ортиб бораётганини таъкидлади.

Qashqadaryoda lolazorni payxon qilganlarga chora ko‘rildi

Ижтимоий тармоқларда Қашқадарё вилояти Кўкдала туманидаги лолазор ҳудудида транспорт воситаларида ҳаракатланилганлиги акс этган видео тарқалди.