«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilinadi

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilinadi

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun yangi tahrirda qabul qilinadi. Adliya vazirligi ushbu qonunning yangi loyhasini ishlab chiqqani haqida «Turon24» xabar bermoqda. Bu loyiha hozirda chet ellik mutaxassislar muhokamasidan o‘tmoqda. Bu haqda 17 sentyabr kuni Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Diniy bag‘rikenglik: O‘zbekiston va AQSh tajribasi» anjumanida xabar bergan.

Anjumanda AQShning xalqaro diniy erkinliklar sohasidagi maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Samuel Deyl Braunbek boshchiligidagi delegasiya ham qatnashgan.

Sodiq Safoyev yangi tahrirda qabul qilinayotgan qonun loyihasi muhokamasiga amerikalik mutaxassislarni ham jalb qilishni taklif etdi.

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar haqida yuqorida gapirib o‘tishdi. Hozir O‘zbekistonda har tomonlama islohotlar ketmoqda. Ayniqsa, diniy erkinlik va bag‘rikenglik borasida ham bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, Adliya vazirligimiz «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunni yangi tahrirda tayorlab qo‘ygan," – dedi Sodiq Safoyev o‘z ma’ruzasida.

«Ushbu hujjat muhokamasiga AQShlik din borasidagi mutaxassislar ham o‘z fikrini bildirsa yaxshi bo‘lar edi», – dedi u AQSh delegasiyasiga.

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonun 1991 yilda qabul qilingan. Unga SSSRning 1990 yildagi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonuni asos qilib olingan. Keyinchalik (1993, 1998) muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Diniy sohani, din va davlat munosabatlarini tartibga soluvchi ushbu qonun Konstitusiyadan so‘ng eng muhim hujjat hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!