Veterinariya va chorvachilik sohasida ko‘krak nishonlarini berish tartibi belgilandi

Veterinariya va chorvachilik sohasida ko‘krak nishonlarini berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (526-son, 27.09.2022 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” va “O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizomlar tasdiqlandi.

🔰 Ko‘krak nishonlari bilan quyidagilar taqdirlanadi:

▫️ “O‘zbekiston Respublikasi veterinariya fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan – veterinariya sohasini rivojlantirish, sohada nazoratni kuchaytirish va xizmatlar sifatini oshirish, epizootik osoyishtalik, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlashga munosib hissa qo‘shgan fuqarolar;

▫️“O‘zbekiston Respublikasi chorvachilik fidokori” ko‘krak nishoni bilan – chorvachilikni rivojlantirish, chorva mollari naslini yaxshilash, ozuqa bazasini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan shaxslar.

📝 Nomzodlar bo‘yicha takliflar har yili 1 iyulgacha Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga beriladi.

📁 Qo‘mita raisi tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqish uchun 5 kishilik komissiyalar tuziladi.

☑️ Komissiyalar nomzodlar bo‘yicha takliflarni o‘rganib 1 avgustgacha yakuniy xulosalarni qabul qiladi.

📋 Xulosalar asosida Qo‘mita raisining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyruqlari qabul qilinadi.

🗓 Ko‘krak nishonlari har yili 1 sentyabr – Mustaqillik bayrami arafasida tantanali topshiriladi.

💰Ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanganlarga BHMning 4 baravari (1,2 mln so‘m) miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti va esdalik sovg‘alar beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!