Vengriya Bosh vaziri: "Chet el tomonidan qo‘llab-quvvatlangan nodavlat tashkilotlar hukumatni ag‘darishga harakat qilmoqda"

Vengriyadagi bir qator tuzilmalar va nohukumat tashkilotlar (NNT) AQSH, Jorj Sorosga tegishli tashkilotlar va Yevropa Ittifoqi (EI) fondlaridan moliyaviy ko‘mak olib, chap qanot tuzilmalarini kuchaytirib, amaldagi hukumatni ag‘darishga urinishmoqda. Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.
Xususan, Orban Soros tarmog‘i, Yevropa Ittifoqi fondlari va AQShdan moliyaviy ko‘mak olayotgan bir qator nohukumat tashkilotlarni hukumatga putur yetkazishga urinishda aybladi.
Uning qayd etishicha, bir qator fuqarolik jamiyati tashkilotlari hukumat faoliyatiga shubha bilan qarashadi.
"Ular turli manbalardan pul oladi: AQSh ma’muriyati, Soros tarmog‘i va Yevropa Ittifoqi fondlari. Xo‘sh, bu pul nimaga ketadi? Chap qanot tuzilmalarini kuchaytirish va hukumatimizni ag‘darishga urinish" - dedi Orban.
Vengriya Bosh vaziri bunday tuzilmalarga qarshi chora ko‘rishga va ularni mamlakatdan "supurib chiqarishga" va’da berdi.
"Biz bu tuzilmalarni Vengriyadan supurib tashlashimiz kerak. Ularning maqsadi ravshan: ular bu mintaqadagi hukumatlar Vengriya xalqi manfaatlariga emas, balki o‘z manfaatlariga xizmat qilishini istashadi", — dedi u.