Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan qator tayinlovlar amalga oshirildi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Shuxrat Djabbarov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari;

Abrar Akbarov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, Bobir Xamrayev Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi va shu munosabat bilan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.

Ulug‘bek Yunusov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori o‘rinbosari etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nodirjon Kasimov O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bosh direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimidan ozod qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!