Vayner "Dili.me" qamoqqa olingani tasdiqlandi

Vayner "Dili.me" qamoqqa olingani tasdiqlandi

23 yanvar kuni Dili.me nomi bilan tanilgan vayner O‘.D. sheriklari bilan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan fuqaro P.A.ni urib tan jaroxati yetkazishgan.

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi bir necha marotaba chaqirtirilishiga qaramasdan tergovga kelishdan buyin tovlab kelgan.

Shu sababli unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida O‘.D. 10 mart kuni ushlanib, tergovga jalb qilingan.

Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!