Van I: Pelosining tashrifi ehtiyotkorlik bilan uyushtirilgan hodisa

Van I: Pelosining tashrifi ehtiyotkorlik bilan uyushtirilgan hodisa

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining Tayvanga tashrifi “tasodifiy emas”ligi, balki “ehtiyotkorlik bilan uyushtirilgan kulgili hodisa bo‘lgani”ni, aytib o‘tdi.

Bu haqda TIV e’lon qilgan bayonotda keltiriladi.

“Qo‘shma Shtatlarning Tayvan muammosi bo‘yicha provokasion harakati tasodif emas, balki puxta tayyorlangan reja edi. Voqeaning xiyonatkor va xunuk xususiyati butun dunyoga oshkor bo‘ldi”, deyiladi hujjatda.

Van I, shuningdek, “AQShning Tayvanga nisbatan “ushlab turish” rejasi muvaffaqiyat qozonmaydi, Tayvanning o‘z vatani bilan birlashish tarixiy tendensiyasi o‘zgarmaydi”, deya ta’kidlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!