— O‘tgan yili qaynonamni nomiga hovli sotib olgandik. Yaqinda u kishi vafot etdi. Eshitishimizcha, bunday vaziyatda uy avtomatik ravishda qaynotamning nomiga o‘tar ekan. Qaynotam uzoq vaqt yolg‘iz yashamaydi. Birortasiga uylanib olmasidan uyni erimning nomiga o‘tkazib olsak bo‘ladimi?
Ismi sir tutildi
Amina Xudaybergenova, fuqarolik ishlari bo‘yicha M. Ulug‘bek tumanlararo sudi sudyasi:
— Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, vorislik vasiyat va qonun bo‘yicha amalga oshiriladi. Vasiyatnoma mavjud bo‘lmaganda yoki vasiyat butun merosning taqdirini belgilamasa qonun bo‘yicha vorislik amalga oshiriladi. Meros ochilgan paytda hayot bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila xolida bo‘lgan va meros ochilgandan keyin tirik tug‘ilgan bolalari vasiyat va qonun bo‘yicha merosxo‘r bo‘lishlari mumkin. Merosxo‘r o‘ziga tegishi lozim bo‘lgan merosni yoki uning bir qismini olish huquqiga meros ochilgan vaqtdan e’tiboran ega bo‘ladi.
Agar qaynonangiz tomonidan o‘ziga tegishli mol-mulkni tasarruf qilish to‘g‘risida vasiyatnoma qoldirilgan bo‘lmasa, qaynonangizning nomidagi barcha mol-mulklar qonun bo‘yicha birinchi navbatdagi vorislari, ya’ni meros qoldiruvchining bolalari, eri va ota-onasi o‘rtasida teng ulushlarda taqsimlanadi. Ushbu holatda merosxo‘rlar meros ochilgan kundan e’tiboran istalgan vaqtda meros ulushidan merosxo‘rlardan birining foydasiga voz kechishi mumkin. Merosdan voz kechish merosxo‘r tomonidan meros ochilgan joydagi notariusga ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Merosni qabul qilib olgan qonun bo‘yicha merosxo‘rlardan istalgan biri merosning taqsimlanishini talab qilishga haqli. Ya’ni ushbu holatda marxum qaynonangizning nomidagi mol-mulk uning merosxo‘rlari o‘rtasida taqsimlanadi. Merosxo‘rlar eringiz foydasiga o‘z ulushidan voz kechgan taqdirda ushbu uy-joyni o‘z nomiga rasmiylashtirishi mumkin bo‘ladi. Meros masalasida o‘zaro kelishuvga erishilmaganda nizo sud tartibida hal qilinadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.
Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.
Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.
Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.