Jazirama kunlar boshlandi: Qanday tavsiyalarga amal qilish lozim?

Jazirama kunlar boshlandi: Qanday tavsiyalarga amal qilish lozim?

“O‘zgidromet” ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 17-19 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi kutilmoqda.

Jumladan, 17 iyulda respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida, 18-20 iyulda hududning katta qismida havo harorati 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

Xo‘sh, bunday ob-havo sharoitida qanday tavsiyalarga amal qilishi lozim?

— Jaziramada, eng avvalo, bolalar, keksalar, homilador ayollar va surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar o‘z sog‘lig‘iga yanada e’tiborli bo‘lishlari zarur, — deydi Sog‘liqni saqlash vazirligining Ekologik diplomatiya bo‘limi boshlig‘i Abduqayum To‘xtaqulov. — Chunki bunday issiq havo tufayli organizmning termoregulyasiya tizimiga yuklama tushadi.

Bu esa mavjud surunkali kasalliklar zo‘rayishi yoki issiqlik bilan bog‘liq xastaliklar, xususan, organizmning umumiy holsizlanishi va hayot uchun xavfli bo‘lgan oftob urishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Jazirama, ayniqsa, yurak-qon tomir tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday paytda insonning yurak urishi tezlashib, qon bosimi ko‘tariladi. Shuningdek, organizm haroratni me’yorda saqlash uchun ko‘proq energiya sarflaydi. Oqibatda inson kuchli terlaydi. Bu esa tananing suvsizlanish xavfini yanada oshiradi. Shu sababli issiq havoda bir qancha ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

Avvalo, kunning eng issiq vaqti — soat 12:00 dan 16:00 gacha imkon qadar yopiq binolar yoki salqin joylarda bo‘lish lozim. Bu vaqtda quyosh nurlari eng kuchli bo‘lib, tananing qizib ketishi va oftob urish xavfi yuqori bo‘ladi. Agar ko‘chaga chiqish zarurati tug‘ilsa, soya joylarda yurish, soyabondan foydalanish va faollikni kunning salqinroq paytlari — ertalab yoki kechqurunga rejalashtirish maqsadga muvofiq.

Shuningdek, uy sharoitida salqinlikni ta’minlash ham juda muhim. Masalan, kunduzi quyosh tushadigan tomondagi derazalarni yopiq holda saqlash, kechasi havo salqinlaganda derazalarni ochib, xonalarni shamollatish, kunning eng issiq vaqtlarida pech, kir yuvish mashinasi, quritgich kabi o‘zidan issiqlik chiqaruvchi maishiy texnikalardan foydalanishni cheklash kerak.

Jaziramada to‘g‘ri kiyim tanlash ham muhim. Yengil, keng bichimli, havoni yaxshi o‘tkazadigan tabiiy matolardan (paxta, ipak) tikilgan liboslarni kiyish tavsiya etiladi. Aksincha, sintetik kiyimlardan saqlanish lozim. Imkon qadar och rangli ust-boshlarni tanlash maqsadga muvofiq. Chunki ular quyosh nurini yaxshiroq qaytaradi.

Ko‘chaga chiqqanda keng soyabonli bosh kiyim kiyish va quyoshdan himoyalovchi ko‘zoynak taqish shart. Boshni esa quyosh nuridan asrash zarur. Chunki bosh miyaning qizib ketishi issiq urishiga olib kelishi mumkin.

Kun davomida tez-tez salqin dush yoki vanna qabul qilish ham tana haroratini pasaytirishga yordam beradi. Ammo juda sovuq suvdan foydalanmaslik kerak. Sababi haroratning keskin o‘zgarishi organizm uchun stress bo‘lishi, hatto, pnevmoniyaga olib kelishi mumkin. Xona haroratidagi yoki biroz salqin suv eng maqbul variantdir.

Shuningdek, teriga, ayniqsa, bosh va bo‘yin sohalariga ho‘l sochiq yoki latta qo‘yish ham organizmni samarali sovitadi.

Qolaversa, issiqda og‘ir jismoniy mehnat yoki sport bilan shug‘ullanish suvsizlanish, silla qurishi va oftob urish xavfini sezilarli darajada oshiradi. Bunday sharoitda yurak-qon tomir tizimiga tushadigan yuk ortadi, bu esa tayyorgarligi bo‘lmagan odamlarda yurak xuruji yoki insult xavfini yuzaga keltiradi.

Imkon bo‘lsa, sport bilan kondisionerli yopiq inshootlarda shug‘ullangan afzal. Mashg‘ulot paytida organizmga quloq solish, tez-tez dam olish, yetarli miqdorda suyuqlik ichish zarur. Bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki kuchli holsizlik kabi belgilar paydo bo‘lsa, mashg‘ulotni darhol to‘xtatish kerak.

Surunkali xastaliklari (gipertoniya, yurak kasalliklari, semizlik) bor insonlar issiqda jismoniy faollik bilan shug‘ullanishdan oldin shifokor bilan maslahatlashishlari lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Samolyot Toshkent shahriga yetmay aviafalokatga uchradi. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

Йўловчи самолёти қўнишга яқинлашганда ҳаво диспетчери ва экипаж ўртасидаги алоқа узилиб қолди

Jennifer Lopes konsertidan so‘ng "Bunyodkor" stadionining ahvolini ko‘rdingizmi? (Foto)

Кеча "Бунёдкор" стадионида жаҳон машҳур қўшиқчи Женнифер Лопеснинг концерт дастури бўлиб ўтди.

Xamzat Chimayev: "U meni yo‘q qilib tashlaydi"

UFC жангчиси Хамзат Чимаевнинг айтишича, UFC 308 турнирида Роберт Уиттакерда ғалаба учун имконият бўлмаган.

Aholiga subsidiya o‘rniga foizsiz qarz beriladi

2025 йилдан бошлаб аҳоли бандлигини таъминлаш мақсадида давлат томонидан ажратиладиган субсидиялар босқичма-босқич бекор қилинади.

70 yoshdan oshgan haydovchilarga rulga o‘tirish taqiqlanadi

Шунингдек, суғуртасиз машина ҳайдаганларга кўпроқ жазо бериш ва камера таний олмайдиган автомобиль рақамлари муаммосини ҳал қилиш чоралари ҳам кўриб чиқилмоқда.

Krishtianu Ronaldu ikki og‘iz so‘z bilan "Oltin to‘p"ni tanqid qildi

Куни кеча "Олтин тўп" учун 30 нафар номзоднинг рўйхати эълон қилинди.

Ichki ishlar vazirligi semiz xodimlarni ishdan bo‘shatadi

Унга кўра, 20 минг киши жисмоний тайёргарлиги текширувидан ўтказилди ва улардан 30 нафари ишдан бўшатилди

Bahodir Jalolovning Usik bilan jangi qachon bo‘lishi mumkinligi aytildi

Баҳодир Жалоловнинг менежери Алик Фролов мутлақ жаҳон чемпиони Александр Усикка қарши эҳтимолий жанг ҳақида гапирди.

"Bizdan Armaniston janubini tortib olishyapti, lekin buni hech kim gapirmayapti"

Унга кўра, Зангезур йўлаги яратилиши Арманистонни "суриялашув"га олиб келиши мумкин.

AQShdagi uyga yoshi Yernikidan katta meteorit qulab tushdi

Таъкидланишича, метеорит тахминан 4,56 млрд. йил аввал пайдо бўлган

“UzAuto Motors” yangi to‘lov shartlarini e’lon qildi

“UzAuto Motors” 2025 йил 21 июлдан бошлаб мижозларга Chevrolet Onix, Tracker ва Damas моделдаги автомобилларни янги шартларда харид қилиш имконини тақдим этмоқда.

Mashhur bloger Abduroziq Dubay aeroportida hibsga olindi

Расмий идоралар ҳозирча бу ҳодисага изоҳ бермаган ва иш тафсилотларини ошкор қилмаган.

Bog‘cha bolangiz bormi? Har oy 618 ming so‘m yordam puli olishingiz mumkin!

Ҳукуматнинг 2025 йил 31 июлдаги қарорига кўра, давлат томонидан камбағал оилаларга махсус моддий ёрдам пули тўлаб берилади.

"Oltin to‘p" uchun nomzodlar reytinggi yangilandi

Goal портали талқинига кўра, Усмон Дембеле "Олтин тўп"га асосий даъвогар бўлиб қолмоқда.

Namanganlik otaxon rekord jarimani «ishlab oldi»

Наманган вилоятида «Gentra» русумли автотранспорт воситасида 82 маротаба йўл ҳаракатлари қоидаларини бузган отахоннинг машинаси хатланди.

O‘qituvchi yo‘lbarsga yem bo‘ldi

Қидирув ишларига киришган маҳаллий аҳоли ўрмон ичида унинг юзи ва оёғи сақланиб қолган жасадини топган

Ukrainaning kelajagi 4 xil variantda taxmin qilindi

Politico хабарига кўра, Украина урушни ҳал қилиш учун 5 та асосий талабни илгари сурмоқда.

Mashhur ovchi uch metrli laqqa tutdi

Чехиялик машҳур балиқ овчиси Якуб Вагнер уч метрли лаққани тутди.

"Andijon" futbolchisiga viloyat hokimi tomonidan ONIX avtomobili sovg‘a qilindi (video)

Кеча Суперлиганинг 18-тур ўйинлари бўлиб ўтди.

"Men Trampga aytdim, Putin hammani chalg‘itmoqda"

Шунингдек, Зеленский Трамп Украинага хавфсизлик кафолатларини беришга тайёр эканини маьлум қилди.

Saudiya Arabistonida oilaviy zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi

Ўзбекистон элчихонаси ва Саудия Арабистони Ташқи ишлар вазирлиги ҳамкорлигида амалга оширилган ишлар натижасида унинг мамлакатдан чиқиши учун виза расмийлаштирилди.

Tayvanga kuchli “Podul” tayfuni yopirildi

Тайфун зарбаси натижасида 30 дан ортиқ одам жабрланган.

Urgutda 2 ta yuk mashinasi to‘qnashib ketdi

Бу ҳақда Самарқанд вилояти ЙҲХБ ахборот хизмати хабар берди.

Kelesda bojxonachilar tarkibida zararli modda bo‘lgan ozdiruvchi mahsulotlarni fosh qildi

Марказий божхона лабораториясида олиб борилган экспертиза таҳлилларидан сўнг мазкур чой ва қаҳвалар, капсулалар таркибида “сибутрамин” моддаси мавжудлиги аниқланди.

AQShda logistika poyezdining 35 ta vagoni relsdan chiqib ketdi

Ҳодиса сабаби номаълум, айни дамда тергов олиб борилмоқда.

G‘azoda Isroil hujumlari qurbonlari soni 61 722 nafarga yetdi

2023 йил 7 октябрдан бери Исроил армиясининг Ғазо секторига қилган ҳужумлари натижасида ҳалок бўлган фаластинликлар сони 61 722 нафарга етди. Фақатгина сўнгги бир сутка ичида эксклавдаги Исроил ҳужумлари оқибатида яна 123 киши ҳалок бўлди.

Isroil elchisi YEIni G‘azo masalasida Isroilga bosim o‘tkazmaslikka chaqirdi

Исроилнинг Европа Иттифоқидаги элчиси Хаим Регев Politico нашрига берган интервьюсида Европа давлатлари Ғазо секторидаги инсон ҳуқуқлари масаласи бўйича Исроилга босим ўтказишдан воз кечиши кераклигини билдирди. Унинг сўзларига кўра, бундай чоралар ЕИнинг Яқин Шарқдаги нуфузини йўқотишига олиб келади.

Rossiyada bir fuqaro nomiga qariyb 3 kg. marixuana pochta orqali keldi

Буюртмани қабул қилиши керак бўлган пятигорсклик эркак жўнатмани олаётганда пайтда ушланган

Eron Isroilning sog‘liqni saqlash muassasalariga qilingan hujumlarini qoraladi

Эрон Ташқи ишлар вазирлиги қуролсизланиш ва қуролларни назорат қилиш бошқармаси директори Ҳайдар Али Балужий 12 кунлик уруш давомида Исроил томонидан Эрондаги вакцина ва дори воситалари ишлаб чиқариш объектлари ҳамда соғлиқни сақлаш марказларига қилинган ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва минтақавий хавфсизликка таҳдид сифатида баҳолади.

Isroil armiyasi jurnalistlar nomlarini yo‘q qilish ro‘yxatiga kiritgani aytilmoqda

Ғазода ишлаётган журналистларнинг айтишича, улар тўғридан-тўғри нишонга олинмоқда ва исмлари Исроил режими армияси рўйхатларига қасддан йўқ қилиш мақсадида киритилган.

Isroil Al Jazeera telekanalining besh xodimini o‘ldirdi

2025 йил 11 август куни Ғазо шаҳридаги “Аш-Шифа” шифохонаси ёнида жойлашган журналистлар чодирига Исроил томонидан уюштирилган зарба оқибатида Al Jazeera телеканалининг 5 нафар ходими ҳалок бўлди.

oshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani ma’lum bo‘ldi

Бозорнинг умумий дўконлар қурилган майдони 20.000 м/кв бўлиб, кўрилган тезкор чоралар натижасида 12.000 м/кв майдонда жойлашган савдо дўконлари ёнғиндан сақлаб қолинган.

DXX: Ichki ishlar organlarining poraxo‘r xodimlari qo‘lga olindi

ДХХнинг Бухоро вилояти бўйича бошқармаси ҳамда ички ишлар ва прокуратура органлари ҳамкорлигида ўтказилган тезкор тадбирда ходим 13 минг АҚШ долларини олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.

Chiroqchida xotin erini qizg‘onib boshqa ayolni do‘pposlab, kiyimsiz qoldirdi

Жорий йилнинг 24 июль куни соат 22:30 ларда Чироқчи тумани, яшовчи аёл Д.И. 102 рақамига мурожаат қилиб, у билан бирга расмий никоҳсиз яшаб келаётган эркак Н.П.нинг онаси хонадонига келиб жанжал кўтараётганлигини маълум қилган.

DXX: MIB xodimiga hukm o‘qildi

Маълум бўлишича, давлат ижрочиси ушбу “хизмати” эвазига муқаддам 450 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм ҳам олган.

Braziliyada avtobus va yuk mashinasi to‘qnashdi, qurbonlar bor

Ҳодиса оқибатида 11 киши ҳалок бўлди. Шунингдек, 45 киши тан жароҳати олди, улардан 12 нафарининг аҳволи оғирлиги айтилмоқда.

Jomboyda yong‘in chiqdi

Ёнғин натижасида “KIA BONGO”, “DAMAS” ва “GENTRA” русумли автомобиллар зарарланган.

Turkiyada kuchli 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Турли шаҳарларда, жумладан, Истанбулда ҳам ер силкиниши сезилган.

Bolgariyada cho‘kib ketgan yigitning jasadi O‘zbekistonga qaytarilmoqda

Болгариянинг Созопол шаҳрида 22 ёшли Ўзбекистон фуқароси украиналик қизни қутқаришга уриниш пайтида сув остидаги қоялар орасида қолиб ҳалок бўлганди.

Mashina ustida salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

3 август куни содир бўлган ҳодиса видеолари ижтимоий тармоқларда тарқалган.