Buyuk Britaniyaning Cheshir grafligida yashovchi olti yoshli Holli Morgan marhum otasiga xat yozib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi va g‘ayritabiiy javob oldi, deb yozmoqda«RIA Novosti».
Qizaloqning otasi o‘tgan yili vafot etgan va Hollining ushbu holatga ko‘nikishi qiyin kechgan.
Oktyabrda marhum otasi 47 yoshni qarshi olishi lozim edi. Qizcha dadasini tabriklamoqchi bo‘ldi va tabriknomani pochta orqali jo‘natishga qaror qildi. Konvertdagi manzil degan joyga «Osmondagi dadamga» deb yozib qo‘ydi.
Oradan bir necha kun o‘tgach, Morganlar oilasi pochta qutisidan Hollining nomiga kelgan maktub oldi. Xatda tabriknomaning yulduzlar, fazo ob’ektlari yonidan uchib o‘tib, uning otasiga yetkazilgani yozilgandi.
Qizning onasi pochta xodimlariga ushbu javob xati uchun minnatdorchilik bildirdi va qizining ushbu maktubni o‘qigan vaqtida juda xursand bo‘lganligini ta’kidladi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.