Vadim Abramov iste’foga chiqdi, yangi murabbiy kim bo‘lishi hozircha noma’lum

Vadim Abramov iste’foga chiqdi, yangi murabbiy kim bo‘lishi hozircha noma’lum

O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov va murabbiylar shtabi iste’foga chiqarildi. O‘FA rahbari yangi murabbiy masalasi haqida gapirdi

O‘FA navbatdagi tashqari kongressining ikkinchi qismida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov, Terma jamoalar markazi boshlig‘i Aziz Haydarov, milliy jamoamiz sardori Odil Ahmedovning chiqishidan keyin O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov milliy jamoa murabbiylar shtabi iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi.

«Vadim Abramov va murabbiylar shtabi oldiga jamoani keyingi bosqichga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan edi. Vazifa uddalanmagani bois, kelishuvda belgilanganidek milliy jamoa 3-bosqichga chiqmagani sababli murabbiy iste’foga chiqadi. Vadim Karlenovich bilan birga murabbiylar shtabi bilan shartnomalarni bekor qilamiz.

Milliy jamoani kim boshqaradi, degan savol bir kunlik emas. Bu masalani futbol faxriylarimiz va mutaxassislar bilan muhokama qilamiz. O‘zimizni va yevropalik murabbiylar nomzodini ko‘ramiz. Keyin yana hech qanday bahona bo‘lmasligi kerak. Kimlar ish boshlashi haqida hali yana ma’lumot beramiz. Milliy jamoa masalasi esa hali yana muhokama qilinadi. Shu bilan bugungi yig‘ilishga yakun yasaymiz», - dedi O‘FA rahbari Abdusalom Abdumavlonovich.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!