O‘zining rohatini birovlarning ozorida ko‘radigan shaxsga sud hukmi o‘qildi

O‘zining rohatini birovlarning ozorida ko‘radigan  shaxsga sud hukmi o‘qildi

Xalqimizda “qizil yuzli yigitning qizargani – o‘lgani” degan maqol bor. Axror Shokirov (ism-sharif o‘zgartirilgan) ham 2 nafar farzandning otasi bo‘lib, qo‘lida guldek hunari bo‘lgani bir holda ichkilikka ruju qo‘yib, yuzi qizargan sirasidan.

A.Shokirov 2019 yil 29 dekabr kuni boshqa shaxslar bilan bilan bir guruh bo‘lib, jamoat joyi hisoblangan Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, joylashgan “Poytaxt” nomli kafeda mast holda bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, atrofdagi shaxslar tinchligini buzgan holda, mazkur kafega mijoz sifatida kelgan Aminov Umrbek bilan mast holatda o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida, U.Aminovning yuz qismiga urib, boshqa shaxslar uning o‘ng oyoq qismiga oyoqlari bilan tepishib, uni urib-do‘pposlab, qasddan badaniga og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining 2020 yil 21 yanvardagi
xulosasiga ko‘ra, U.Aminovning tanasida “o‘ng oyoq boldir ichki va tashqi to‘pig‘ining yopiq sinib siljishi, katta boldir suyagini orqa suyagini orqa qirg‘og‘ini bo‘g‘im hosil qiluvchi yuzasining yopiq sinib siljishi, distal boldirlararo sindesmozni qisman uzilishi, tovon suyagini tashqariga va orqaga yarim chiqishi va bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, bosh chap tepa sohasi teri osti gematomasi ko‘rinishidagi jarohatlar aniqlanib, bu jarohatlar umumiy mehnat qobiliyatining o‘ttiz uch foizidan kam bo‘lmagan qismi yo‘qotilishiga olib kelishi va og‘ir tan jarohatlari turiga kirishi aniqlangan.

Sud, davlat ayblovchisining xulosasini, himoyachi fikrini, sudlanuvchi A.Shokirovni, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, A.Shokirovni jinoyat sodir etganlikdagi aybli deb topdi hamda qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

Darhaqiqat, mastlik insonni jaholatga eltib, sarmast etgani holda uni o‘zligidan judo qilishi mumkin. Mastlik oqibatida insoniyligini, o‘zligini unutgan bu toifa shaxslarga esa qonunda jazo muqarrar.

Sanjar Abduganiyev

Jinoyat ishlari bo‘yicha  Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!