“O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tarkibidagi korxonalar yangi bozor sharoitlarida samarali ishlashga tayyormi?

“O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tarkibidagi korxonalar yangi bozor sharoitlarida samarali ishlashga tayyormi?

Yig‘ilishda o‘tgan yilda respublika bo‘yicha qariyb 3,5 million tonna un ishlab chiqarilgani, shundan 54 foizi xususiy don korxonalari hissasiga to‘g‘ri kelgani ko‘rsatib o‘tildi.

“Lekin, bugungi kunda “O‘zdonmahsulot” kompaniyasi tarkibidagi 43 ta don korxonalari yangi bozor sharoitlarida samarali ishlashga tayyormi? Afsuski, bu savolga javob ijobiy emas.

Shu paytgacha kompaniya tarkibidagi don korxonalari fermerlardan tayyor bug‘doyni qabul qilib, uni qayta ishlash bilan shug‘ullanib kelgan.

Oqibatda, ularning un ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi o‘rtacha 60 foizdan oshmaydi”, deya tanqid qildi Prezident.

Davlat don korxonalarining tegirmon xarajatlari xususiy sektorga nisbatan 20-25 foizga yuqori, rentabellik esa 2 baravar kam.

Ishlar samarasiz yo‘lga qo‘yilgani oqibatida “O‘zdonmahsulot” korxonalarining Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi oldidagi qarzi 1,8 trln so‘mni tashkil etib, shundan 1,1 trln so‘mi umidsiz qarz hisoblanadi.

Eng achinarlisi, davlat don korxonalarida talon-toroj qilish holatlariga haligacha barham berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!