O‘zbekistonning uchta shahrida havo kuchli zaharlangan

O‘zbekistonning uchta shahrida havo kuchli zaharlangan

Avtotransport vositalari Toshkent havosini har yili 395 tonna zaharli gazlar bilan ifloslantirmoqda. Atmosferaga chiqarilayotgan gazlarning 90 foizi ular hissasiga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yili Toshkent havosi 426 tonna zaharli gazlar bilan ifloslantirilgan. Bunda avtotransport vositalari 395 tonna yoki 90 foizlik ulushga egalik qilmoqda.

O‘tgan yili atmosferaga 449 ming tona zaharli gaz chiqarilgan

O‘zbekiston bo‘yicha 2018 yilda atmosferaga 2 million 449 ming tonna zaharli gazlar chiqarilgan bo‘lsa, ularning 60 foizi avtotransport vositalari hissasiga to‘g‘ri keladi va bu rivojlangan davlatlarda belgilangan standartlardan 3 baravar ko‘p demakdir.

So‘nggi 10 yilda 5 ta shahar kam zaharlangan

So‘nggi 10 yil ichida atmosfera eng kam ifloslangan shaharlar ichida Denov, Qo‘qon, Guliston, Samarqand, Sariosiyo shaharlari qayd etilgan bo‘lsa, eng yomon ko‘rsatkich Olmaliq, Angren, Buxoroda kuzatildi.

Toshkentga 50 mingga yaqin avtomobil kirib kelgan

Shahar havosini, jumladan dioksid azot bilan ifloslantirishda shahar transporti asosiy manba hisoblanadi. Mamlakatda 2 milliondan ziyod avtotransport ro‘yxatga olingan bo‘lsa, ularning 450 mingi Toshkent hissasiga to‘g‘ri keladi. Shaharga har yili boshqa viloyatlar va davlatlardan 50 mingga yaqin avtomobil kirib keladi.

Atmosferaga 208 kg ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi

Poytaxtdagi avtotransport vositalarining 75 foizi benzin va dizel yoqilg‘isi, 25 foizi gazda harakatlanadi. Bir tonna dizel yoqilg‘isi yonganda atmosferaga 208 kg ifloslantiruvchi moddalar chiqariladi, bu ko‘rsatkich gazda 3 baravar kamroqni tashkil etadi.

Reaksiyaga kirishgan moddalardan zararli birikmalar hosil bo‘ladi

Avtotransport vositalari atmosferaga 200 dan ortiq zararli moddalar, jumladan uglerod, aldegidlar, qurum, azot oksidlari chiqariladi. Atmosferaning odamlar nafas oladigan yer usti qatlamlarida to‘plangan ushbu moddalar ultrabinafsha nurlar ta’sirida reaksiyaga kirishib, yanada zararli birikmalarni hosil qiladi.

Moddalarning 36,2 foizi sanoat korxonalariga to‘g‘ri keladi

Ekologiya qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2018 yilda atmosferaga chiqarilgan umumiy moddalarning 36,2 foizi sanoat korxonalari hissasiga to‘g‘ri keladi. Sanoat ob’ektlarining aksariyati — 37,9 foizi Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!