O‘zbekistonning barcha davrlar futbol jamoasi ro‘yxati tuzildi (foto)

O‘zbekistonning barcha davrlar futbol jamoasi ro‘yxati tuzildi (foto)

Jahon futbol tarixi va statistikasi tashkiloti IFFHS har bir mamlakatning barcha davrlardagi orzular jamoalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston orzular jamoasi ro‘yxatidan o‘rin olgan futbolchilarning barchasi "Paxtakor" sharafini himoya qilgan o‘yinchilardan tuzilgan. Jamoa ro‘yxati bilan tanishing.

Darvozabon — Yuriy Pshenichnikov.
Himoyachilar — Sergey Dosenko, Vladimir Shtern, Mustafo Bilolov, Gennadiy Denisov.
Yarim himoyachilar — Mirjalol Qosimov, Mixail An.
Hujumchilar — Vladimir Fyodorov, Birodar Abduraimov, Stanislav Stadnik, Gennadiy Krasniskiy.

Shuningdek, jamoamiz safida o‘ynaganlardan Edgar Gess Tojikiston, Rovshan Muxadov Turkmaniston, Xoren Oganesyan Armaniston va Vasilis Xadzipanagis Gresiya orzular jamoasi ro‘yxatiga kiritilgan. "Paxtakor"da murabbiy bo‘lib ishlagan Anatoliy Bashashkin Rossiya orzular jamoasi safidan o‘rin olgan.

O‘zbekistonning barcha davrlar futbol jamoasi ro‘yxati tuzildi (foto)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!