O‘zbekistonliklar bugungi Oy tutilishini qayerda va qanday kuzatishlari mumkin? (foto)

A A A
O‘zbekistonliklar bugungi Oy tutilishini qayerda va qanday kuzatishlari mumkin? (foto)

Bugun, 27 iyuldan 28 iyulga o‘tar kechasi qiziqarli osmon hodisasi – Oyning to‘liq tutilishi sodir bo‘ladi. Bu tutilish O‘zbekistonning hamma joylarida boshdan oxirigacha kuzatiladi. Ushbu hodisaning ro‘y berishiga sabab uch osmon jismi – Quyosh, Yer va Oyning bir to‘g‘ri chiziqda joylashishi va Yer soyasining Oy sirtiga tushishidir, deb xabar qiladi Ulug‘bek nomidagi Astronomiya instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Yusuf Tillayev.

Tutilish 27 iyul kuni butun O‘zbekiston hududida bir vaqtda – soat 23:24 da boshlanadi, bunda Yer soyasi Oy diskini sekin-asta to‘sa boshlaydi. Bir soatdan keyin, ya’ni 28 iyul soat 00:29 da Oy sirti soya bilan batamom qoplanadi, tutilishning to‘la fazasi boshlanadi. 

Bizga ma’lumki, Quyosh tutilganida Quyosh qisman yoki to‘liq ko‘rinmay qoladi. Oy tutilishida esa Oy butun tutilish davomida ko‘rinib turadi. Faqat Oy soya ichida harakatlana boshlaganda u qizg‘ish – jigarrang tusda ko‘rinadi. 

To‘la tutilish fazasining davomiyligi 1 soat 43 minutni tashkil qiladi, ya’ni Oy 103 minut davomida soyada bo‘ladi. U soat 2:14 da soyadan chiqa boshlaydi, soat 3:20 da esa butunlay soyadan xoli bo‘ladi. Tutilishning umumiy davomiyligi esa salkam 4 soatni tashkil etadi. 

Tutilishni oddiy ko‘z bilan ham kuzatish mumkin. Agar bordiyu sizda durbin yoki ko‘rish trubasi bo‘lsa, Oy yuzini yaxshiroq ko‘rishingiz va ushbu astronomik hodisadan ko‘proq zavq olishingiz mumkin. 

Oxirgi marta Oyning to‘la tutilishi mamlakatimizda shu yilning 31 yanvar kuni kuzatilgan edi. Bu safar Oy Yer soyasining markazidan o‘tishi bilan ajralib turadi va shuning uchun tutilish davomiyligi nisbatan uzoq – 103 minutni tashkil etadi. Oxirgi marta bunga o‘xshash tutilish 2011 yilning 15 iyunida sodir bo‘lgan edi. Unda tutilish davomiyligi 1 soat 40 minutni tashkil qilgan edi, ya’ni bu safargidan 3 minutga kam. 

27 iyul kuni yana bir ajoyib astronomik hodisa – Marsning buyuk ro‘para turishi ro‘y beradi. 

Oyning yonginasida, 6 gradus janubroqda siz yorug‘ qizg‘ish «yulduz»ni ko‘rashingiz mumkin, bu Mars sayyorasidir. U kun sayin Yerga yaqinlashib kelmoqda, 27 iyulda Mars eng qisqa masofa – 57,7 mln kilometrgacha yaqinlashadi. 

«Ro‘para turish» deb Mars “Er-Quyosh” chizig‘ining davomida Yer orbitasiga eng yaqin turgan xolatiga aytiladi. Yer va Marsning yaqinlashishi xar 2 yilda sodir bo‘ladi va bu xolatda Mars butun tun davomida ko‘rinib turadi. Agar ro‘para turish yozning oxirida ro‘y bersa, bunda Mars o‘zining Quyoshga eng yaqin nuqtasi - perigeliydan o‘tayotgan bo‘ladi va Yer bilan o‘rtadagi masofa 56-60 mln km ni tashkil etadi. Bunday qarama-qarshi turish “buyuk ro‘para turish” deb ataladi. Bu xodisa 15 yoki 17 yilda 1 marta takrorlanadi. Bunday hodisa oxirgi marta 2003 yilning 27 avgustida sodir bo‘lgan edi, u haqiqatdan ham Marsning «juda buyuk» ro‘para turishi edi, chunki ungacha masofa 56 mln kilometrdan kamroq qiymatni tashkil etgan edi. 

Xatto shunday yaqin masofadan xam Marsni yulduzdan farqlash ancha qiyin. 50 marta kattalashtirishga ega teleskop yordamida uning faqat diskini ko‘rish mumkin. Biroq Mars sirtidagi kanal va tog‘larni ko‘rish uchun kattalashtirishi 500 va undan yuqori bo‘lgan teleskop zarur. Bundan tashqari kuzatuvni shahardan tashqari, atmosferasi chang va bulutlardan xoli bo‘lgan, turbulentlik kam bo‘lgan joyda o‘tkazish lozim. 

O‘zbekistondagi shunday joylardan biri – bu Maydanak tog‘idir, u yerda Astronomiya institutining observatoriyasi faoliyat olib boradi. Albatta, observatoriya Oy tutilishi va Marsning ro‘para turishini kuzatuvlar rejasiga kiritgan va bu hodisa fotosuratlari institut sayti orqali e’lon qilinadi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

AQSh Ukrainaga “juda kuchli xavfsizlik kafolatlarini” va’da qildi

Ҳали муҳокама қилиниши керак бўлган баъзи масалалар мавжуд, аммо президент Доналд Трамп эришилган ютуқдан мамнун.

Abdumalik Halokov ishi bo‘yicha IBA’ga apellyasiya beriladi

Бирлашган Араб Амирликларининг Дубай шаҳри мезбонлик қилган ва Халқаро бокс ассоциацияси (IBA) томонидан ташкил этилган Жаҳон чемпионатида Ўзбекистон терма жамоаси тўлиқ таркибда — 13 нафар боксчи билан иштирок этди.

Ukraina Xavfsizlik xizmati ilk bor Rossiya suvosti kemasiga hujum qildi

Таъкидланишича, портлаш оқибатида сувости кемаси жиддий даражада шикастланган ва амалда сафдан чиқарилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.