O‘zbekistonga o‘tgan 4 oy mobaynida qancha telefon import qilingani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga o‘tgan 4 oy mobaynida qancha telefon import qilingani ma’lum bo‘ldi

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2022 yilning yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 71,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 976 645 dona mobil telefon import qilingan.

Telefon importi 2021 yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 320 900 donaga oshgan.

O‘zbekiston 9 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan.

O‘zbekiston 4 oy mobaynida mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:

Xitoy – 741 546 dona

— Vyetnam – 121 376 dona

— Hindiston – 62 612 dona

— BAA – 46 137 dona

— Qozog‘iston – 3 663 dona

— Koreya – 1 286 dona

Oylar kesimida telefon importi:

— yanvar – 129 766 dona

— fevral – 284 461 dona

— mart – 286 056 dona

— aprel – 276 362 dona


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!