O‘zbekistonga 10 oyda qancha fuqaroning jasadi olib kelingani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonga 10 oyda qancha fuqaroning jasadi olib kelingani ma’lum bo‘ldi

Yanvar-oktyabr oylari oralig‘ida chet elda turli sabablarga ko‘ra vafot etgan 568 nafar vatandoshlarning jasadlari O‘zbekistonga qaytarilgan. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi vakili Azim Axmatov Sputnik O‘zbekiston nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"2020 yilning o‘tgan o‘n oyi davomida O‘zbekistonga chet eldan 568ta "Gruz-200" olib kelindi. Shu jumladan, Rossiyadan — 546ta, Turkiyadan — to‘qqizta, Qozog‘istondan — oltita, Yamandan — bitta, Liviyadan — bitta, Misrdan — bitta", - dedi Axmatov.
O‘tgan yilda respublikaga olib kelingan "Gruz-200"lar soni 308tani tashkil qilgan.

Shuningdek, Axmatovning aytishicha, Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligining vaqtinchalik saqlash markazlaridan 625 kishi qaytarilgan. 2019 yilda bu miqdor 3323 kishini tashkil etgan.

COVID-19 pandemiyasi tufayli yil boshidan chet davlatlardan O‘zbekistonga kirib kelgan fuqarolar soni 392 371 nafarni tashkil qilgan. Pandemiya tufayli xorijga ishlashga keta olmagan fuqarolar soni 483 121 nafarni tashkil qilgan.

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hisob-kitoblariga ko‘ra uzoq muddatda xorijda yurgan O‘zbekiston fuqarolari soni bugungi kunda 1 739 468 nafarni tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!