O‘zbekistondagi 4 ta aeroport xususiylashtiriladi

O‘zbekistondagi 4 ta aeroport xususiylashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 noyabr kuni temir yo‘l va aviasiya sohasidagi davlat kompaniyalarida transformasiya jarayonlarining borishiga oid taqdimot bilan tanishdi.

Ham iqtisodiy samaradorlik, ham odamlarga qulaylik nuqtai nazaridan bu sohada katta o‘zgarishlar qilinmoqda. “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tarkibida 6 ta mustaqil korxona tashkil etildi. 1 ming 200 ta yangi yuk vagoni olindi, ichki yo‘nalishda yuk tashish vaqti 2 karra kamaydi.

Raqamlashtirish natijasida vagonga buyurtma berish 7 bosqichdan 3 bosqichga, bunga ketadigan vaqt 72 soatdan 12 soatga qisqardi. Toshkent atrofida poyezdlarni o‘tkazish imkoniyati 30 foizga oshdi. Ilgari zarar bilan ishlagan aksiyadorlik jamiyati bu yil 30 milliard so‘m foydaga chiqayapti.

Aviasiya sohasidagi kompaniyalarda ham o‘sish bor. “Uzbekistan Airways” tizimida aviaqatnovlar 25 foiz ko‘paydi. Mahalliy yo‘nalishlarda samolyotlar soni 8 taga yetib, ichki qatnovlar 2,5 barobarga oshdi. Markaziy Osiyodagi xalqaro tashuvlarda milliy aviakompaniyamiz ulushi 20 foizga yetdi. Yillik yo‘lovchi tashish ko‘rsatkichi 6 million nafardan oshishi kutilmoqda.

“Uzbekistan Airports” samolyotlar, yuk va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatmoqda. Aeroportlar boshqaruviga xususiy sektor jalb qilingani samara berayapti. Dunyodagi 44 ta aviakompaniya yurtimizga parvozni amalga oshirayapti. Aeroportlar orqali yuk tashish hajmi ham bu yil 22 foizga oshishi ko‘zda tutilgan.

Lekin hali vazifalar ko‘p. Transport yo‘llari qanchalik muhimligini dunyodagi murakkab vaziyat ham ko‘rsatayapti.

Shu bois yo‘nalishlarni diversifikasiya qilish, tashish jarayonlarini tezlashtirish, transport xizmatlari tannarxini pasaytirish juda muhim.

Yig‘ilishda shu boradagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

– Mamlakatimizda iqtisodiyot, savdo aloqalari yildan yilga rivojlanayapti. Aholi daromadi, hududlarning turizm salohiyati ham oshayapti. 2030 yilga borib, yalpi ichki mahsulotimiz hajmini 200 milliard dollarga yetkazish maqsadini qo‘ydik. Shuning uchun transport “arteriya”lariga alohida ahamiyat berishimiz kerak, – dedi Prezident.

Buning uchun barcha huquqiy-tashkiliy asoslar yaratib berilmoqda. Hozirgacha sohada 25 yil oldin qabul qilingan qonun bo‘yicha ish yuritib kelinar edi. Shu jihatdan, bugun yangi tahrirda imzolangan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi qonun tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu sohaga xususiy kompaniyalar va investisiyalarni jalb qilish, infratuzilmani rivojlantirishga keng yo‘l ochadi.

Endi soha rahbarlari ish uslubi va yondashuvlarini keskin o‘zgartirib, natijani ta’minlashi zarur. Buning uchun, avvalo, sohada transformasiyani jadallashtirish, qurilish va modernizasiya loyihalarini sifatli bajarish lozim. Xalqaro kredit reytingi olish, davlat kafolatisiz mablag‘ jalb qilish, investisiyalarni samarali ishlatish ham muhim vazifalar qatorida.

O‘zbekiston havo yo‘llari hali aholini rozi qiladigan darajaga yetgani yo‘q. Xalqaro reyting olib, tashqi bozorga chiqish kechikayapti. Oqibatda tannarx yuqoriligi uchun chipta narxida sezilarli o‘zgarish yo‘q. Xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar ijrosi sust.

Shu bois konsalting kompaniyasi jalb qilib, transformasiya bo‘yicha aniq dastur va “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

“Uzbekistan Airports” tizimida asosiysi – xizmatlarni ko‘paytirish va xususiy sheriklikni kengaytirish. Samarqand aeroporti xususiy boshqaruvga berilgach, parvozlar va yo‘lovchilar soni 5 barobar oshgan. Endi Namangan, Andijon, Buxoro va Urganch aeroportlarida ham shunday maqsad ko‘zlangan. Yil yakunigacha aeroportlarda qo‘shimcha xizmatlarni 2 karra ko‘paytirish, daromadni 25 foiz oshirish mo‘ljallangan.

Xalqaro bozordan mustaqil resurs jalb qilish, Navoiy aeroporti terminalidan to‘liq foydalanish choralari belgilandi.

Davlatimiz rahbari mazkur uchta kompaniyada raqamlashtirishni jadallashtirish, rejalarni qayta ko‘rib chiqib, iqtisodiy natijadorlikni oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Isroil rahbariyati hibsga olinishiga birgina davlat tish-tirnog‘i bilan qarshi chiqmoqda

21 ноябрь куни Халқаро жиноят суди Ғазо секторида инсониятга қарши ва уруш жиноятлар содир этгани учун Исроил бош вазири Бинямин Нетаняҳу ва собиқ мудофаа вазири Йоав Галантни ҳибсга олишга ордер берди.

Rossiya Britaniyaning “Storm Shadow” raketasini ham, AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS reaktiv raketasini ham yo‘q qildi

ОАВ хабарларига кўра, чоршанба куни Украина Буюк Британиядан Россиядаги нишонларга “Storm Shadow”ни йўналтириш учун рухсат олди.

Isroil niqobini yechdi

Исроил Мудофаа вазири Исроил Кац босиб олинган Ғарбий Соҳилда фаластинликларга қарши ҳужумларда айбланган кўчманчиларни маъмурий ҳибсга олиш ордерлари тўхтатилганини эълон қилди.

Sobiq DXX raisi qayerda ishlashi ma’lum qilindi

Давлат хавфсизлик хизмати раиси лавозимини Баҳодир Қурбонов эгаллади.

Shols rus «Oreshniki» dan qo‘rqib ketdi

Германия канцлери Олаф Шольц Россиянинг ўрта масофага мўлжалланган «Орешник» баллистик ракетасини жанговар синовдан ўтказганига муносабат билдирди.

Fransiya ham ochiqchasiga Rossiyaga qarshi bosh ko‘tardi

Франция ТИВ Украина узоқ масофали қуроллардан фойдаланишини қўллаб-қувватлади.

Rossiya "Oreshnik" uchirilishidan 30 daqiqa oldin AQShni ogohlantirgan

. Бу ҳақда президент матбуот котиби Дмитрий Песков маълум қилди.

Bayden Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Ukrainadan tortib olingan yadro qurollarini Ukrainaga qaytarishi mumkin

New York Times газетасининг Америка ва Европа расмийларига таянган ҳолда хабар беришича, «Жо Байден Совет Иттифоқи парчаланганидан кейин Украинадан тортиб олинган ядро қуролларини Украинага қайтариши мумкин».

Nima uchun Rossiya bu raketadan endi foydalandi?

Россия қасос олиш режимида.

Amerikalik rus askarini qanday qilib to‘xtatishni o‘ylab topdi

Остиннинг таъкидлашича, Украина армияси «бу ҳаракатларни секинлаштиришга» ёрдам берадиган қуролга муҳтож.

Prezidentdan “dux” olgan Omonboyevaga sud hukmi o‘qildi

У Навоий шаҳар ҳокими номидан фойдаланган ҳолда тадбиркорнинг кўп миқдордаги пулини қўлга киритган.

Mitxun Chakraborti musulmonlarni o‘ldirish bilan tahdid qildi

«Сизларни (мусулмонларни) бўлак-бўлак қилиб, мурдаларингизни дарёга эмас, ерларингизга ташлаймиз».

Sovuq, qor va yomg‘ir: yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.

Alisher Usmonov nomzodini 103ta davlat qo‘llab-quvvatladi

Расмий сайлов маросими 30 ноябрь куни Тошкент шаҳрида бўлиб ўтади.

Bugun kechqurun va kunduzi yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Бугун тунда Республикамизнинг кўплаб ҳудудларида ёмғир бошланади ва тушгача давом этади. Ёғаётган ёмғир қорга айланиш эҳтимоли бор.

Rossiya Ukrainada bosib olingan hudud hajmi bo‘yicha haftalik va oylik yangi rekordlarni o‘rnatdi

Буни Агентлик томонидан таҳлил қилинган Украинанинг OSINT DeepState лойиҳаси маълумотлари тасдиқлайди.

BAAda isroillik ravvin o‘ldirilishi yuzasidan O‘zbekiston tomoni bayonot berdi

Бирлашган Араб Амирликлари ҳудудида исроиллик раввин ўлдирилишида гумонланиб, уч нафар Ўзбекистон фуқароси қўлга олинганди. Ўзбекистоннинг Дубайдаги бош консулхонаси ҳолат юзасидан баёнот берди.

«O‘lgan» hindu dafn marosimida o‘ziga keldi

Ҳиндистонда 25 ёшли йигит дафн маросимида ўзига келди.

Halokat Rossiya razvedka xizmatlari ishtirokida amalga oshirilganligi to‘g‘risida taxminlar bor

Литва президенти Вилнюсдаги юк самолёти ҳалокатига Россиянинг алоқадорлигига шубҳалари борлигини айтди.

BAA isroillik ravvinni o‘ldirishda gumonlangan o‘zbekistonliklarga shafqatsiz chora ko‘rilishidan ogohlantirdi

Бу ҳақда WAM хабар берди.

Putin MDH razvedka xizmatlarini hozirgi geosiyosiy keskinlik sharoitida hamkorlik qilishga chaqirdi

Москвада МДҲ давлатлари хавфсизлик идоралари ва разведка хизматлари раҳбарларининг 20-йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

NATO Rossiyaning Ukrainaga gipertovushli zarbasi haqida gaplashmoqda

Путиннинг огоҳлантиришича, Москва эндиликда Киевга Россияга қарши қурол ишлатишга рухсат берган давлатлардаги ҳарбий объектларга зарба бериш ҳуқуқига эга.

G‘azo hukumati: ikki kun ichida ko‘chirilgan odamlar joylashgan 10 000 chodirni dengiz suvi yuvib ketdi

Исроил Ғазо секторида босқинчилик ва қирғинбарот урушини бошлаганига 417 кун бўлди.

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Ukrainaning yangi hujumini e’lon qildi

Украина армияси нафақат ўзини мудофаа қилмоқда, балки ҳужумни режалаштирмоқда.

Россия рублининг АҚШ долларига нисбатан курси илк бор 2022 йил март ойи даражасигача пасайди.

Pokistonda to‘qnashuvlar: Imron Xon tarafdorlari Islomobod markaziga bostirib kirishdi

Покистон собиқ бош вазири Имрон Хоннинг қамоқдан озод этилишини талаб қилган тарафдорлари полиция билан тўқнашиб, расмийлар Исломобод марказига ўрнатган баррикадаларни бузиб ўтишди.

Rossiyada o‘zbekistonlik erkak tomdan tushib ketdi

Дастлабки маълумотларга кўра, ишчида ҳимоя воситалари бўлмаган.

Turkiyadagi yana bir neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi

Ҳозирда портлаш қурбонлари ҳақида расмий маълумот йўқ, гарчи маҳаллий ҳокимият уларнинг борлигини истисно қилмаса ҳам.

Tolibon Rossiyadan yordam so‘radi

Толибон АҚШ ва бошқа Ғарб давлатларининг босимини юмшатишда Россия ёрдамига умид қилмоқда.

Vladimir Putin MDH va qo‘shni mintaqalarda vaziyatning beqarorlashishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi

МДҲ мамлакатлари разведка хизматларининг конструктив ўзаро ҳамкорлиги ҳозирги геосиёсий кескинлик шароитида айниқса зарур.

The Guardian: “Kichik Oy” 2055 yilga kelib Yerdan uzoqlashadi

“Кичик Ой” деб аталаётган 2024 PT5 астероиди Қуёш томон ҳаракатлана бошлайди ва 2055 йилга келиб Ердан узоқлашади.

EI: Xotin-qizlar qo‘rquv va tahlikasiz yashashi kerak

Дунёнинг турли мамлакатларида хотин-қизлар жисмоний, жинсий ва руҳий зўравонлик қурбони бўлмоқда. Айниқса, уруш, қуролли тўқнашувлар ва гуманитар бўҳронлар кузатилаётган минтақаларда зўравонлик кўлами катта.

KXDR Janubiy Koreya bilan chegaradagi elektr uzatish tarmoqlarini demontaj qilmoqda

КХДР Корея Республикаси билан чегарадош Кесон шаҳридаги ёпиқ Кесон саноат паркига олиб борувчи электр узатиш тармоқларини демонтаж қилмоқда.

AQSh davlat qarzi rekordni urdi

АҚШ давлат қарзи янги тарихий рекорд даражага етди.

G‘azoda yarim million odamning kanalizasiya suvlari ostida qolishi mumkinligi e’lon qilindi

Қиш фаластинликлар учун Ғазодаги соғлиқни сақлаш инқирозини ёмонлаштиради — UNRWA расмийси.

Evropa Ukrainaga qo‘shin yuboradimi?

Европа давлатларида Украинага ҳарбий хизматчилар ёки хусусий ҳарбий компаниялардан жангчилар юбориш ҳақида гаплар қайта бошланди.

«Biz bolalarni yer yuzidagi do‘zaxda halok bo‘lishga hukm qilamiz”

Ғазо шимолида 10 ёшгача бўлган 130 мингга яқин бола қамалда қолди.

Indoneziyada loy ko‘chkisi va suv toshqinlari oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Индонезия метеорология, иқлимшунослик ва геофизика агентлиги об-ҳаво бўйича жиддий огоҳлантириш эълон қилиб, минтақада ёғингарчилик меъёридан юқори бўлишини тахмин қилди.

Komil Allamjonovga suiqasd bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi

Ушбу жиноятни содир этишга алоқадор бўлган жами 7 нафар шахс аниқланиб, 5 нафарига нисбатан қамоққа олиш эҳтиёт чораси қўлланилди, шунингдек, 2 нафарига нисбатан қидирув эълон қилинган эди.

24 noyabr kuni Kitob tumanida yashagan erkak turmush o‘rtog‘i xamda qiz farzandini qasddan o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 97-моддаси (Қасддан одам ўлдириш) билан жиноят иши қўзғатилган.