O‘zbekistonda profilaktika sabab ayrim telekanallar vaqtincha efirga uzatilmaydi

O‘zbekistonda profilaktika sabab ayrim telekanallar vaqtincha efirga uzatilmaydi

O‘zbekiston bo‘ylab profilaktika ishlari o‘tkazilishi sababli 18−25 avgust kunlari telekanallar efirlarida uzilishlar kuzatiladi.

Aholiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida “Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi”da profilaktika ishlari olib boriladi.

Keltirilishicha, 18 avgust kuni Respublika miqyosida profilaktika ishlari boshlanadi.

19-25 avgust kunlari har bir hududda navbatma-navbat tungi soat 01:00 dan 10:00 gacha davlat, nodavlat va xorijiy telekanallarni uzatadigan raqamli teleuzatkichlarda jadval asosida profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, korxonada texnik qurilmalar yillik rejalarda belgilangan muddatlarda profilaktik nazoratdan o‘tadi.

Bu vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!