O‘zbekistonda "Oqilona iste’mol" dasturi ishlab chiqiladi.

O‘zbekistonda "Oqilona iste’mol" dasturi ishlab chiqiladi.

Endi ovqatlanishda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Bu haqda prezident tomonidan imzolangan PQ-171-sonli qarorda nazarda tutilgan.

Hujjatda keltirilishicha, 1 iyulga qadar umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil bo‘lishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida "Oqilona iste’mol" dasturi ishlab chiqiladi.

Shuningdek, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti tavsiyalarini joriy etish ham nazarda tutilgan.

Dasturga ko‘ra, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ygan shaxslarga moliyaviy choralar qo‘llaniladi va nazorat mexanizmlari o‘natiladi.

Ushbu dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda oziq-ovqat iste’molinining oqilona me’yorini belgilash, ortiqcha iste’molni kamaytirish, shu jumladan bir shaxsga bir martalaik ovqatlanish me’yorini belgilash;
  • umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar va iste’molchilarning oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan mas’uliyatini oshirish;
  • aholi o‘rtasida to‘g‘ri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish hamda me’yoridan ortiq iste’molni targ‘ib qilishni cheklash.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!