O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘rtinchi Toshkent xalqaro investisiya forumidagi nutqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘rtinchi Toshkent xalqaro investisiya forumidagi nutqi

Hurmatli forum ishtirokchilari! Xonimlar va janoblar! Aziz mehmonlar! Avvalo, sizlarni – hamkor davlatlarimizning yuqori martabali vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, biznes olamining yirik namoyandalarini to‘rtinchi Toshkent xalqaro investisiya forumida chin qalbimdan samimiy qutlayman.

Tadbirimizda qatnashayotgan Bolgariya Prezidenti Rumen Radev Janobi Oliylari, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso Janobi Oliylari, Qozog‘iston Bosh vaziri O‘ljas Bektenov Janobi Oliylari, Qirg‘iziston Hukumati raisi Adilbek Qosimaliyev Janobi Oliylari, Tojikiston Bosh vaziri Kohir Rasulzoda Janobi Oliylari, Ozarbayjon Bosh vaziri Ali Asadov Janobi Oliylari, Rossiya Federasiyasi Hukumati raisi o‘rinbosari Aleksandr Novak Janoblari, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Nokerguli Ataguliyev Janoblarini ko‘rib turganimdan g‘oyat xursandman.

Shuningdek, Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, arab davlatlari hamda Yevropa, Osiyo va Afrika mintaqalaridan kelgan nufuzli delegasiyalarni ham chin dildan qutlayman.

Biz bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan moliyaviy institutlar rahbarlari – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso xonim va Yangi rivojlanish banki prezidenti Dilma Rusef xonimga alohida minnatdorlik izhor etaman.

Bugungi forumda 7,5 mingdan ortiq delegat, jumladan, 100 ga yaqin davlatdan salkam 3 ming nafar xorijiy mehmon ishtirok etmoqda. Biz buni, avvalambor, mamlakatimizga bo‘lgan hurmat, o‘zaro ishonch va yaqin hamkorlikning chinakam ifodasi sifatida qabul qilamiz.

O‘zbekiston zaminiga xush kelibsiz, qadrli do‘stlar!

Hurmatli anjuman ishtirokchilari!

Bugungi dunyo katta sinovlarni boshidan kechirmoqda. Global xavfsizlik va barqaror rivojlanishga jiddiy tahdidlar tobora kuchaymoqda, geosiyosiy jarayonlar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan o‘zgarmoqda.

Jahonda qurollanish poygasi yana avj olmoqda. Yirik mamlakatlarning harbiy xarajatlari 2010 yilga nisbatan bir yarim barobar ortib, 2,5 trillion dollarga yetdi. Iqtisodiy inqiroz asoratlari, moliyaviy resurslar taqchilligi tufayli jahon yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari esa ketma-ket uch yil davomida pasaymoqda.

Ming afsuski, xalqaro huquq normalari va diplomatiya kuchi zaiflashmoqda. Eng achinarlisi, insoniyat uchun eng dolzarb muammolar – oziq-ovqat xavfsizligi, kambag‘allik, iqlim o‘zgarishlari kabi masalalarga e’tibor kamaymoqda. Dunyoda tinchlik, adolat va inson qadriga bo‘lgan umumiy ishonchni tiklash har qachongidan ham muhim.

Biz Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish zarur, deb hisoblaymiz va Istanbulda bo‘lib o‘tayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralarni olqishlaymiz.

Shu bilan birga, ko‘pdan buyon cho‘zilayotgan G‘azo fojiasiga e’tiboringizni qaratmoqchiman. XXI asrda ko‘z o‘ngimizda ko‘plab begunoh insonlarning nobud bo‘layotganini hech nima bilan oqlab bo‘lmaydi. Bu muammoning yagona yechimi – nizoni xalqaro huquq me’yorlari va qabul qilingan rezolyusiyalar asosida adolatli hal qilishdir. Falastin xalqi o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lishga haqlidir.

Global kun tartibidagi yana bir masala – bu qo‘shni Afg‘onistonning tinch va barqaror rivojlanishiga ko‘maklashishdan iborat. Bu davlatning amaldagi hukumati bilan xalqaro maydonda konstruktiv muloqot olib borish, uning yakkalanib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik har qachongidan ham muhim. Zero, mazkur mamlakatdagi osoyishtalik va iqtisodiy rivojlanish yon-atrofdagi barcha mintaqalarning uzoq muddatli taraqqiyoti uchun zarur omildir.

Men hozir ta’kidlab o‘tgan muammolar bo‘yicha barcha sherik davlatlarimizni ochiq va keng ko‘lamli xalqaro hamkorlikka chaqiramiz. Chunki, forumning asosiy mavzusi bo‘lgan investisiyalar – faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki tinchlik va barqarorlikning kafolatidir!

Keling, birgalikda shunday investisiya muhitini yarataylikki, u daromad keltirish bilan birga, inson qadrini ulug‘laydigan, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevorga aylansin!

Aziz mehmonlar!

Hozirgi qiyin sharoitda biz O‘zbekistonda iqtisodiy barqarorlikni saqlab qolishga asosiy e’tibor qaratyapmiz.

Yalpi ichki mahsulotimiz sakkiz yilda 2 barobar ko‘paydi. 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 200 milliard dollarga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik.

O‘tgan yili investisiya hajmi 35 milliard dollarga, eksportimiz 27 milliard dollarga yetgani – to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro investisiya forumining ham amaliy natijasidir.

Yangi O‘zbekistondagi islohotlar samarasi xalqaro reytinglarda ham o‘zining munosib aksini topmoqda. “Iqtisodiy erkinlik indeksi”dagi o‘rnimiz so‘nggi besh yilda 48 pog‘onaga yuqori ko‘tarildi. Garvardning “Iqtisodiyot murakkabligi indeksi”dagi o‘rnimiz 28 pog‘onaga yaxshilandi. O‘tgan oyda nufuzli “S&P” agentligi O‘zbekistonning suveren reytingi prognozini “barqaror”dan “ijobiy”ga oshirdi.

Bugun dunyo iqtisodiyoti yangi davr va o‘zgarishlar ostonasida turganini barchamiz yaxshi tushunamiz. Bu esa barqaror rivojlanish yo‘lidan borayotgan davlatlarni quyidagi to‘rtta yo‘nalishda hamkorlikda ishlashga undamoqda.

Birinchidan, “yashil” iqtisodiyot modeliga o‘tish.

Biz iqtisodiyotimizni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlash uchun aynan “yashil” energetikani rivojlantirishga qattiq bel bog‘laganmiz.

O‘tgan qisqa davrda bu sohaga qariyb 6 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiya kirib keldi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 59 milliarddan 82 milliard kilovatt-soatga yetdi. Keyingi besh yilda bu ko‘rsatkich 120 milliard kilovatt-soatdan oshib, “yashil” energiya ulushi 54 foizga yetadi.

Shuningdek, elektr tarmoqlarini yangilashga ham 4 milliard dollar jalb qilamiz.

Bu borada joriy yilda Samarqandda, kelgusi yildan yana 8 ta hududda elektr tarmoqlarini xususiy sheriklikka beramiz.

Bundan tashqari, ilk bor “yashil” sertifikat va uglerod birliklari savdosini boshladik. Shu yil global uglerod bozorlariga qo‘shilib, “Yashil O‘zbekiston” iqlim investisiyalari platformasini yaratamiz.

Ikkinchidan, raqamli texnologiya va sun’iy intellekt iqtisodiyotning “drayveri”ga aylanmoqda.

Mamlakatimizda shu yilning o‘zida IT eksporti 1 milliard dollarga yetadi. 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkichni 5 karra oshirish uchun salohiyatimiz ham, imkoniyatimiz ham yetarli.

Bu ishlarimiz xalqaro darajada e’tirof etilib, Sun’iy intellektga tayyorlik bo‘yicha xalqaro indeksda bir yilda 17 pog‘onaga ko‘tarildik.

Kelgusi yil “Bulutli texnologiyalar” milliy platformasi ishga tushadi. Yaqin besh yilda xususiy investorlar bilan birga quvvati 500 megavattdan ziyod 20 ta “data markaz” barpo etamiz.

Shuningdek, boy tariximiz, azaliy qadriyatlarimiz hamda yangi kreativ g‘oyalarni mujassam etgan sun’iy intellektning milliy modelini ishlab chiqamiz. Bu tizim samaradorligini ta’minlash uchun “Bir million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini boshladik.

Ishonchim komil, sizlar bilan birgalikda O‘zbekistonni nufuzli IT va Fintech xabiga aylantiramiz.

Uchinchidan, bugungi sharoitda moliyaviy tizim va texnologiyalar keskin o‘zgarmoqda.

Biz yaqinda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki bilan birga O‘zbekiston moliya sektorini ilk bor kompleks baholashdan o‘tkazdik. Ular bank, moliya, sug‘urta, kapital bozoridagi islohotlarimizni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Bu sohalarni keyingi rivojlanish bosqichiga olib chiqish maqsadida O‘zbekistonda Moliyaviy barqarorlik kengashi tashkil etiladi, Markaziy bankda kiberxavfsizlik va moliyaviy texnologiyalar platformalari ishga tushiriladi.

Sug‘urta tizimida ham katta islohotlarni boshladik. Milliy qayta sug‘urtalash kompaniyasi va Global qayta sug‘urtalash raqamli platformasi tashkil etildi.

Startaplar uchun muqobil moliyaviy instrument – venchurlar bizda tez rivojlanib boryapti. Misol uchun, o‘tgan yili 2 ta startap kompaniyamizning qiymati ilk bor 1 milliard dollardan oshdi. Bunday kompaniyalarni albatta ko‘paytiramiz.

Shu bois “Muqobil investisiya jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Kelgusi besh yilda venchur va boshqa muqobil sarmoyalar hajmini 1 milliard dollarga olib chiqamiz.

Yana bir yo‘nalish. “To‘rtinchi sanoat inqilobi” “texnologik minerallar”ga talabni bir necha karra ko‘paytirmoqda.

O‘zbekistonda volfram, molibden, magniy, litiy, grafit, vanadiy, titan va boshqa minerallarning katta zaxirasi aniqlangan. Umuman, yer osti boyliklarimizning salohiyati 3 trillion dollarga baholanmoqda.

Mintaqamizning minerallardan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish “xabi”ga aylanishi uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Bu borada Toshkent va Samarqand viloyatlarida “Kelajak metallari texnoparki”ni bunyod etmoqdamiz.

Shu o‘rinda bir tashabbusni ilgari surmoqchiman: bu sohada geologiya-qidiruv ishlaridan boshlab, tayyor mahsulot zanjirini yo‘lga qo‘ygan investorlarga o‘n yil davomida renta solig‘i qaytarib beriladi.

Ishonchim komil, sizlar bilan uzoq muddatli samarali aloqalarimiz aytib o‘tilgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli biznes hamkorlikka aylanadi.

Hurmatli investorlar!

Biz “Yangi O‘zbekiston – investisiyalar uchun katta imkoniyatlar mamlakati” degan tamoyilni amaliy natijalarga aylantirish maqsadida barcha choralarni ko‘ryapmiz.

Eng avvalo, bir narsaga e’tiboringizni qaratmoqchiman: global ishlab chiqarish zanjirlarida har bir davlat uchun teng sharoitni ta’minlaydigan ishonchli qoidalar bo‘lishi shart va zarur.

Hech shubhasiz, bu borada Jahon savdo tashkilotining alohida o‘rni bor. Shu bois, kelgusi yilda ushbu Tashkilotning a’zosiga aylanish bo‘yicha oldimizga maqsad qo‘yganmiz va bu borada hamkorlarimiz bilan faol ishlayapmiz. Buning uchun o‘nlab qonun, yuzlab standartlarni xalqaro talablarga moslashtirdik va bu ishlarni shu yil to‘liq yakuniga yetkazamiz.

Ikkinchidan, mamlakatimizda xorijiy sarmoyadorlarga yanada qulay muhit yaratish uchunmahalliy kompaniyalar bilan bir xil sharoitlarni kafolatlovchi “milliy rejim” joriy qilinadi, davlat organlari bilan munosabatga kirishishda “yagona darcha” tamoyili tatbiq etilishi belgilandi, investisiya faoliyatini ortiqcha tekshiruvlardan kafolatli himoyalash tizimi yaratiladi.

Bular orqali 2030 yilga borib, O‘zbekistonning kredit reytingini “investision” darajaga olib chiqishni maqsad qilib qo‘yganmiz.

Uchinchidan, biz davlat kompaniyalarini xususiylashtirishda ularni yurtimiz farovonligiga xizmat qiluvchi yirik aktivlarga aylantirish yo‘lini tanlaganmiz.

Shu bois, 18 ta yirik kompaniya va banklardagi qariyb 2 milliard dollarlik davlat ulushini o‘zida birlashtirgan “Milliy investisiya jamg‘armasi” tashkil etildi. Jamg‘arma boshqaruviga nufuzli “Franklin Templeton” kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilning o‘zida jamg‘armaning aksiyalar paketi xalqaro IPO ga chiqariladi.

Shuningdek, professional konsultantlar jalb qilinib, ikki yilda 29 ta yirik davlat kompaniyasi xususiylashtiriladi.

To‘rtinchidan, biz transport va logistika sohasini iqtisodiyotimizning qon tomiri sifatida ko‘ramiz.

Shu bois, bu sohaga ham xususiy kapitalni faol jalb qilmoqdamiz. Birgina misol, Samarqand, Namangan, Buxoro va Urganch xalqaro aeroportlari davlat-xususiy sheriklik asosida salohiyatli investorlar boshqaruviga berildi.

Urganch aeroporti boshqaruviga dunyoning yetakchi “Inchon” kompaniyasi jalb qilindi. Kelgusi yilda Nukus, Termiz, Farg‘ona, Navoiy aeroportlari bo‘yicha ham tenderlar o‘tkazamiz.

Yana bir muhim yo‘nalish – poytaxtimizda yashab va ishlayotgan aholi soni 5 milliondan oshdi. Shu bois, 2 million aholiga mo‘ljallangan “Yangi Toshkent” shahrini barpo etib, poytaxtni megapolisga aylantiramiz.

Bu yerda yiliga 20 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega aeroport, temir yo‘l va avtomobil transportini qamrab olgan “multimodal xab” quriladi. Yirik savdo komplekslari va moliya markazlari qad ko‘taradi.

Ushbu mega loyihani birgalikda amalga oshirish uchun investorlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklarni taklif qilamiz.

Beshinchidan, so‘nggi yillarda qo‘shnilarimiz bilan yo‘lga qo‘yilgan ochiq va do‘stona siyosat natijasida Markaziy Osiyoda mutlaqo yangi hamkorlik muhiti shakllandi.

Bugun ushbu davlatlarning hukumat rahbarlari forumda ishtirok etayotgani ham so‘zimning yaqqol isbotidir.

E’tibor bering, sakkiz yilda qo‘shnilarimiz bilan tovar aylanmasi hajmi 3,5 barobardan ziyod oshib, qariyb 13 milliard dollarga yetdi.

Katta investisiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘lini qurishni boshladik, yirik energetika va infratuzilma loyihalarini tayyorlash bo‘yicha salmoqli ishlar qilinmoqda.

Umuman, biz Markaziy Osiyoda “Investisiya va savdo uchun yaxlit hudud konsepsiyasi”ni ilgari surishni taklif qilamiz.

Shu o‘rinda xalqaro tashkilotlarga murojaat qilmoqchiman: mintaqaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi moliyaviy mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish vaqti keldi. Birgalikda harakat qilsak, Markaziy Osiyoni tinchlik va taraqqiyot makoniga aylantiramiz.

Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari!

Bugungi forum yangi, kengaytirilgan formatda o‘tkazilmoqda. Uning doirasida ilk bor ixtisoslashgan ko‘rgazma tashkil etilib, unda O‘zbekiston kompaniyalari o‘z loyihalari va qo‘shma tashabbuslari bilan ishtirok etmoqda.

Bir masalaga alohida urg‘u bermoqchiman: biz uchun investisiya – faqatgina moliyaviy manba emas. Bu – texnologiya, bilim, malakali kadrlar, xalqaro ishlab chiqarish zanjiriga qo‘shilish, ya’ni, haqiqiy taraqqiyot demakdir.

O‘zbekiston mana shunday ezgu g‘oyalar bilan keladigan xorijiy investorlarga barcha sharoitlarni yaratib beradi, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi va buni kafolatlaydi.

Yurtimizda sizlar uchun barcha eshiklar doimo ochiq.

Eng muhimi – faoliyatingizni himoya qiladigan qonunlar bor, muloqotga ochiq davlat va hamkorlikka tayyor mehnatkash xalqimiz bor.

Bugungi anjumanda ishtirok etayotgan, mamlakatimizga mehmon bo‘lib kelgan har bir investor, xorijiy hukumat va xalqaro tashkilotlar vakillariga yana bir bor chin dildan minnatdorlik bildiraman.

Barchangizga omad va ulkan yutuqlar tilayman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Guliston shahridagi ovqatlanish shoxobchasida portlash ro‘y berdi (video)

Бу ҳақда вилоят соғлиқни сақлаш бошқармаси матбуот хизмати хабар бермоқда.

Rossiyada xizmat ko‘rsatgan murabbiy: «O‘zbekiston terma jamoasi JChda hech narsaga da’vo qila olmaydi»

Россияда хизмат кўрсатган мураббийи Игорь Коливанов Ўзбекистон терма жамоасига Жаҳон чемпионати–2026да ишонмаслигини айтиб ўтди.

Kelayotgan hafta O‘zbekistonda sovuq havo kutilmoqda

"Ўзгидромет" ҳаво ҳарорати тушиши ва кучли шамоллар ҳақида огоҳлантирди.

Jahon chempionati-2026 mezboni O‘zbekistonga 50 ming dollar taklif qildi

Ўзбекистон терма жамоаси Жаҳон чемпионатига тайёргарлик жараёнида бир қатор жамоалар билан ўртоқлик учрашувлари ўтказишни режалаштирмоқда.

Sirdaryodagi portlashda qancha odam halok bo‘ldi?

Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.

Rossiya Sibir daryolari suvini Markaziy Osiyo bilan bo‘lishmaydi — olimlar fikri

Иқтисодий сабаблар: профессор Михаил Болговга кўра, лойиҳа жуда қиммат ва инвесторлар йўқ. Экологик ва иқтисодий оқибатлар ҳам аниқ эмас.

Yurgen Klopp "Real"ga qanday talablar qo‘ygani ma’lum bo‘ldi

Хаби Алонсо Ла Лигада кетма-кет учта дурангдан кейин босим остида қолмоқда. Миш-мишлар олами дарҳол фаоллашди - "Реал" билан гоҳ Зинедин Зидан, гоҳ Юрген Клоппни боғлашмоқда.

Pensionerlar yer va mol-mulk solig‘idan ozod etildimi?

Солиқ кодексининг 421-моддасига кўра, пенсионерлар мол-мулк солиғидан имтиёзга эга.

Opta superkompyuteri Jahon chempionati favoritini taxmin qildi

Opta суперкомпьютери Испания терма жамоасини 2026 йилги жаҳон чемпионатининг асосий фаворити деб атади.

Moskva sudi faqat O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ishga olinishi ko‘rsatilgan e’lonlarni taqiqladi

Шу билан бирга, суд прокуратуранинг фақат "славян миллатига мансуб шахсларни" ёллашга қарши даъвосини қўллаб-қувватлади.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Muhammad Saloh jazolanadigan bo‘ldi

Яқинда "Ливерпуль" ҳужумчиси Муҳаммад Салоҳ клуб ва бош мураббий Арне Слотдан норозилигини очиқчасига билдирган эди.

Bomba o‘rnatilgan avtomobilning portlashi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда бош прокуратура маълум қилди.

Zelenskiy Trampni xafa qildi (video)

Бу ҳақда Америка етакчиси Жон Кеннеди номидаги саҳна санъати марказида журналистларга маълум қилди.

Mask Yevropa Ittifoqi haqida keskin fikr bildirdi

Америкалик миллиардер Илон Маск Европа Иттифоқини (ЕИ) тарқатиб юбормасликка чақирди. Бу ҳақда у ўзининг ижтимоий тармоқдаги саҳифасида маълум қилган.

Ukraina va AQSh o‘rtasida kelishmovchiliklar bor

Зеленский Украина ва АҚШ ўртасида Донбассдан украиналик ҳарбийларни олиб чиқиш масаласида келишмовчиликлар борлигини билдирди.

Fransiya Yevrosiyodan Rossiya aktivlarini yashirib, €18 mlrd "reparasion kredit" uchun saqlamoqda

Манбаларнинг айтишича, Франция расмийлари репарацион кредит ғоясини қўллаб-қувватласа ҳам, тижорат банкларидаги активлардан фойдаланишга қарши чиқмоқда, чунки кредиторлар Euroclear билан бошқа шартномавий мажбуриятларга эга.

Ukrainaga “reparasiya” krediti berilgan taqdirda Germaniya uning eng yirik kafili bo‘ladi

Бельгия Россиянинг музлатилган маблағларидан фойдаланишга қарши, Москва эса буни “ўғирлик” деб атамоқда.

Beninda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi

Бенин президенти Патрис Талон мамлакатдаги давлат тўнтаришига уриниш барбод бўлганини расман эълон қилди.

Ekvador qamoqxonasidagi to‘qnashuvda 9 kishi halok bo‘ldi

Эквадорнинг Эль-Оро вилояти, Мачала шаҳридаги қамоқхонада маҳбуслар орасидаги тўқнашувда дастлабки маълумотларга кўра, 9 киши ҳалок бўлди.

Umerov Zelenskiyga AQSh rasmiylari bilan Floridadagi muzokaralar bo‘yicha “batafsil hisobot” berishini aytdi

"Бир неча кун давомида Қўшма Штатларда Украина Бош штаби раҳбари Андрей Гнатов билан биргаликда президент Доналд Трампнинг вакиллари Стив Уиткофф ва Жаред Кушнер билан музокаралар ўтказдик. Конструктив ҳамкорлик учун улардан миннатдорман", — деди Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши котиби Рустем Умеров музокаралардан сўнг.

HAMAS qator shartlar bajarilsa, qurol tashlashga tayyorligini bildirdi

Фаластиннинг ҲАМАС ҳаракати, жумладан, Исроил аскарларини Ғазо сектори ҳудудидан тўлиқ чиқариш шарти билан қурол ташлашга рози эканини маълум қилди, деб хабар берди ҳаракат етакчиси эксклавда.

AQSh Ukrainaga yordam uchun 800 million dollar ajratadi

Маълумотларга кўра, АҚШ Конгрессида ушбу ҳужжат бўйича овоз бериш жараёнлари шу ҳафта бошланиши кутилмоқда.

Netanyaxu: Isroil armiyasi Suriyaning janubidagi okkupasiya qilingan hududlarni tark etmaydi

Исроил Бош вазири Биньямин Нетаньяхуга кўра, Башар Асад режими ағдарилганидан кейин Исроил армияси томонидан назоратга олинган Сурия жанубидаги ҳудудлардан чиқиш режалаштирилмаган.

Luvrdagi suv sizishi natijasida yuzlab kitoblarga zarar yetkazdi

Париждаги Лувр музейининг Миср бўлимида содир бўлган сув сизиши натижасида юзлаб китоб ва архив материаллари зарарлангани маълум қилинди.

Ommaviy immigrasiya “Amerika orzusi”ni o‘g‘irlamoqda — AQSh vise-prezidenti

АҚШ вице-президенти Жей Ди Вэнс оммавий миграция мамлакат иқтисодий адолати ва ўрта табақа имкониятларига “сериоз таҳдид” солаётганини таъкидлади.

Akto‘beda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi halok bo‘ldi, ularning 2 nafari o‘zbekistonlik

Вафот этганлар ва жабрланганларни Ўзбекистонга олиб келиш бўйича зарур чора-тадбирлар кўрилмоқда.

Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi

Бугун, 7 декабр куни соат 08:57 да Қозоғистоннинг Актобе вилояти Айтекеби туманидан ўтган "Пермь-Тошкент" йўналишида ҳаракатланган “Yutong” йўловчи автобуси ён томонга ариққа ағдарилиб, йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлган.

Qariyb 1 mlrd so‘mlik horijiy valyutaning chet elga chiqib ketishi to‘xtatib qolindi

Ҳозирда ушбу шахсга нисбатан ЖКнинг 25,182-моддаси 2-қисми “а” банди билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

JSST: Dunyoda bezgakdan o‘lim holatlari ortmoqda

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилотининг янги ҳисоботига кўра, ўтган йили дунё бўйича безгакка чалинганлар сони 282 миллион нафарни ташкил этган. Бу – 2023 йилга нисбатан 9 миллион нафар юқори кўрсаткич.

Indoneziyada suv toshqini va ko‘chkilar tufayli halok bo‘lganlar soni 753 nafarga yetdi

Индонезияда кечги кунларда кузатилган кучли ёмғирлар оқибатида юз берган сув тошқини ва кўчкилар қурбонлари сони 753 нафарга етгани маълум қилинди.

BBC: Pokiston va Afg‘oniston chegarasida yana qurolli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi, halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor

"Тун давомида Спин-Болдакдан қочқинлар оқими келган. Қўшни аҳоли пунктларининг аҳолиси ҳам ҳудудни тарк этмоқда", — дейди нашр манбаларидан бири.

Xalqaro yordam qisqarishi sabab 2025 yilda besh yoshgacha bo‘lgan 4,8 million bola vafot etdi

2025 йил давомида беш ёшгача бўлган 4,8 миллион боланинг вафот этгани қайд этилди. Бу кўрсаткич 2024-йилга нисбатан 200 минг нафарга кўп.

HAMAS G‘azo sektoridagi boshqaruvni topshiradi – Al Arabiya

Al Arabiya телеканалига жума куни берган интервьюсида ҲАМАСнинг юқори мартабали расмийси ҳаракат Ғазо секторидаги бошқарувни эндиликда давом эттириш нияти йўқлигини маълум қилди. Унинг айтишича, ҲАМАС аллақачон Ғазони келгуси босқичда бошқариш учун технократлардан иборат махсус қўмитани тузишга розилик билдирган.

Afg‘onistonda 13 yoshli bola oilasining qotilini 80 ming kishi oldida qatl qildi

Бу “Толибон” муваққат ҳукумати томонидан рухсат берилган қатл бўлиб, уни тахминан 80 минг киши томоша қилган. Болага қотилни кечириш ёки стадионни тўлдирган оломон кўз ўнгида ўлим жазосини ижро этиш ўртасида танлов берилган.

NATO Shimoliy Yevropa mudofasini boshqarish shtabini Niderlandiyadan AQShga ko‘chirmoqda

5 декабрдан бошлаб Дания, Швеция ва Финландия мудофасини режалаштириш учун Нидерландиянинг Брюнсюм шаҳридаги оператив штаб ўрнига Қўшма Штатларнинг Норфолк шаҳридаги қўмондонлик жавобгар бўлади, дея хабар бермоқда нашр NATO'нинг расмий баёнотига таяниб.