O‘zbekistonda ob-havo sovib ketadi

O‘zbekistonda ob-havo sovib ketadi

Kelayotgan kunlarda respublikaning chekka shimoliy hududlariga Qozog‘iston hududidan biroz nam va nisbatan sovuq havo massalari kira boshlaydi.                 

Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysida 30-31 mart va 1 aprel kunlari ba’zi joylarda nisbatan beqaror ob-havo kutilmoqda, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Faqat 31 mart kuni Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

2 aprel kuni kam bulutli va quruq ob-havo butun respublika hududini egallaydi.

Mart oyining so‘nggi kunlarida va aprel oyining birinchi kunlarida havo harorati kechasi 0...+5 daraja iliq atrofida bo‘ladi. 30-31 mart va 1 aprel kuni kunduzi havo harorati biroz salqin bo‘lib, +7...+10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

2 aprelda iliq havo massalari kirib keladi va kunduzi harorat +14...17 daraja iliqgacha ko‘tariladi.

Toshkent va Namangan viloyatlarining 1600 metrdan yuqori bo‘lgan tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!