O‘zbekistonda muddatli saylovlarni o‘tkazish sanasi mart oyiga ko‘chirilishi mumkin

O‘zbekistonda muddatli saylovlarni o‘tkazish sanasi mart oyiga ko‘chirilishi mumkin

O‘zbekiston saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylov qonunchiligi va amaliyotini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi loyihasi e’lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga qator o‘zgartish va qo‘shimchalarni kiritishni nazarda tutadigan qonun loyihasini tayyorlash rejalashtirilmoqda.

Unga ko‘ra:

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslarga saylash huquqini berish, sud tomonidan individual tartibda saylash huquqi cheklangan hollardan tashqari;

muddatli saylovlarni o‘tkazish sanasini dekabr oyidan mart oyiga ko‘chirish;

bir nomzod faqat bitta vakillik organiga deputat etib saylanishi mumkinligi to‘g‘risidagi qoidani o‘rnatish nazarda tutilgan.

Ijro muddati - 2020 yil avgust, mas’ul ijrochilar - MSK, Konstitusiyaviy sud, Adliya vazirligi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!