O‘zbekistonda Malayziya kompaniyalari ishtirokida biznes forum o‘tkaziladi

O‘zbekistonda Malayziya kompaniyalari ishtirokida biznes forum o‘tkaziladi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida 15—21 may kunlari Malayziyaning Xalqaro islom savdo-sanoat palatasi raisi Muhammad Amin Fahmining mamlakatimizga safari tashkillashtirildi.

Hoji Fahmining O‘zbekistonga tashrifi davomida Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investisiyalarni jalb etish agentligi va Savdo sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xorij tomoniga mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

Tadbir davomida shu yilning iyul oyida O‘zbekiston va Malayziya kompaniyalari o‘rtasida biznes-forum o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Muloqot yakunida O‘zbekiston va Malayziya kompaniyalari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish va unga Malayziyaning yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalarni jalb etish, Biznes-forum doirasida Malayziyaning Xalqaro islom savdo-sanoat palatasi va O‘zbekiston Savdo sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik memorandumini imzolash, O‘zbekiston kompaniyalarini Malayziyaga javob tashrifini ishlab chiqish va Malayziyada ham biznes-forum o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!