Maktabgacha ta’lim tashkiloti pedagogining kasbiy standartini tasdiqlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi e’lon qilindi.
Unda keltirilishicha, kasbiy standart “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq pedagogning shaxsiy kasbiy fazilatlari, bilimi, ko‘nikma va malakalariga qo‘yiladigan asosiy talablarini belgilaydi.
Pedagogning kasbiy standarti hududlarning madaniy, demografik va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda talablar bilan to‘ldirilishi mumkin.
Kasbiy standart bolani rivojlantirish dasturlari, pedagogika va psixologiyasi sohasida to‘plangan tajribadan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy tamoyillarga rioya etilishi kerak:
bolani sifatli parvarish qilish, rivojlantirish va tarbiyalash uchun sharoit yaratish;
bolaning qiziqishlariga muvofiq bolaga qulaylik yaratish;
har bir bolaning individualligini hurmat qilish, hamdard bo‘lish, bolaning his-tuyg‘ulari, fikrlari va qadriyatlarini qabul qilish;
ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash;
pedagoglarning inklyuzivlik tamoyillarini qo‘llash huquqiga asoslangan ta’limga yondashuv;
sog‘lom muhit yaratuvchi amaliyot va texnologiyalarni qo‘llash;
bolalar bilan muloqot va ijtimoiy o‘zaro munosabatlarda maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va mahalla hamkorligini yo‘lga qo‘yish.
Pedagog quyidagi ijtimoiy ko‘nikmalar to‘plamiga ega bo‘lishi lozim:
o‘zi ta’lim olishi;
analitik va tanqidiy fikrlash;
tinglash va kuzatish qobiliyati;
chiqishimlilik, lingvistik qobiliyatlar va turli tillarda muloqot qilish ko‘nikmalari;
hamkorlik qilishga tayyorlik;
nizolar va ziddiyatlarni hal qilish qobiliyati.
Belgilangan standartlar talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиоланинг ёрдамчиси Пеп Лейндерс ўзбекистонлик ҳимоячи Абдуқодир Ҳусановнинг ўйини ва салоҳияти ҳақида тўхталиб ўтди.
Олимпия ўйинлари чемпиони, машҳур боксчимиз Баҳодир Жалолов берган интервюларидан бирида эркак кишининг ҳаётидаги энг катта тўсиқлар ва муваффақият омиллари ҳақида ўз фикрларини билдириб ўтди.