O‘zbekistonda investorlar uchun «Investisiya vizasi» joriy etildi

O‘zbekistonda investorlar uchun «Investisiya vizasi» joriy etildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan respublikaga tashrif buyurgan chet el fuqarolarining ayrim guruhlari uchun kiritiladigan qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) toifalar ro‘yxatiga qo‘shimchalar kiritildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Farmonga ko‘ra, «Vatandosh», «Talaba vizasi», «Akademik viza», «Tibbiy viza», «Piligrim vizasi» ro‘yxatiga Investisiya vizasi qo‘shildi.

Agentlikning ta’kidlashicha, ushbu vizaning amal qilish muddati uch yil.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investisiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga, shu jumladan, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari)ga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;

O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki “investisiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!