Eldor Aripov Pekinda SHHT salohiyatini oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi

Eldor Aripov Pekinda SHHT salohiyatini oshirish bo‘yicha tashabbuslarni ilgari surdi

Joriy yilning 2–4 iyul kunlari Pekinda “Global tinchlik va farovonlikni rivojlantirish: umumiy mas’uliyat, manfaat va yutuqlar” shiori ostida 13-Butunjahon tinchlik forumi o‘tkazildi.
Tadbir Sinxua universiteti va Xitoy tashqi ishlar instituti tomonidan tashkil etildi. Forumda 86 mamlakat va mintaqadan 1200 dan ortiq vakillar, jumladan, sobiq davlat arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, yetakchi tahliliy markazlar rahbarlari va ekspertlar ishtirok etdi.

Jahon tartibotining o‘zgarishi sharoitida mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlash va Yevroosiyoda hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.

Faxriy mehmonlardan Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o‘rinbosari Xan Jjen, Belgiya sobiq bosh vaziri va Yevropa kengashining sobiq prezidenti German van Rompey, Yaponiya sobiq bosh vaziri Yukio Xatoyama va boshqalar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov SHHTning mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rniga bag‘ishlangan sessiyada ma’ruzachi sifatida so‘zga chiqdi.

U o‘z nutqida so‘nggi 20 yildan ortiq vaqt ichida SHHT Osiyo, Yevropa va Afrikaning 26 mamlakatini, jumladan, BMT Xavfsizlik Kengashi, G20, BRIKS va ASEAN a’zolarini birlashtirgan xalqaro tizimning muhim elementiga aylanganini ta’kidladi. Tashkilot mamlakatlari hissasiga dunyo aholisining 40 foizdan ortig‘i (3,5 milliard kishi), jahon yalpi ichki mahsulotining qariyb 1/4 qismi va jahon savdosining 15 foizdan ortig‘i to‘g‘ri keladi. 2024 yilda 10 ta a’zo davlatning umumiy yalpi ichki mahsuloti 25 trillion dollarni tashkil etgan.

Uyushmaning 80 dan ortiq xalqaro shartnoma, 35 ta ustav organi va 40 ta ishchi mexanizmni o‘z ichiga olgan mustahkam institusional asosga ega ekanligi alohida ta’kidlandi.

E.Aripov birlashma samaradorligining ishonchli misoli sifatida Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) faoliyatini keltirdi. MATT uch yil davomida 200 dan ortiq terrorchilik guruhlarni aniqlagan va zararsizlantirgan hamda 7,6 mingga yaqin qurol-yarog‘ni musodara qilgan. Bundan tashqari, savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha ko‘rilgan choralar natijasida a’zo davlatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi so‘nggi 20 yil ichida 100 baravarga oshgan.

SHHTning kuchi va o‘ziga xosligi madaniy-sivilizasion, iqtisodiy va geosiyosiy jihatdan butunlay farqli davlatlarni birlashtira olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi. E.Aripov ta’kidlaganidek, SHHTning alohida jozibadorligi uning bloklarga qo‘shilmaslik maqomi, ochiqlik tamoyili hamda uchinchi mamlakatlarga qarshi yo‘naltirilmaganligi bilan ta’minlanadi.

Shu bilan birga, erishilgan ta’sirchan natijalarga qaramay, SHHT, SMTI direktori ta’kidlaganidek, yangi geosiyosiy voqelikka moslashishi lozim. Xalqaro institutlar va yadroviy tiyib turish tamoyillariga asoslangan avvalgi jahon tartibi o‘z barqarorligini yo‘qotib bormoqda. Ikki qutbli model o‘tmishda qoldi, bir qutblilik ko‘p qutblilik bilan almashinyapti, global boshqaruv mexanizmlari esa ishonch inqirozini boshdan kechirmoqda.

SMTI rahbari SHHTning xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi samaradorligini oshirish masalasida so‘z yuritar ekan, bir qator aniq chora-tadbirlarga e’tibor qaratdi.

Birinchidan, xavfsizlik sohasida hamkorlik institutlarini kuchaytirish zarur. SMTI direktori kibertaxdidlarga qarshi kurashish, terrorizmni moliyalashtirishga chek qo‘yish masalalari bo‘yicha vakolatlarini kengaytirgan holda Toshkentdagi MATT negizida Universal markaz tashkil etish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

Ekspertning ta’kidlashicha, terrorchilarning targ‘ibot, moliyalashtirish, ta’lim berish va kiberhujumlarni rejalashtirish uchun raqamli platformalardan faol foydalanishi alohida tashvish uyg‘otmoqda. U shuningdek, Bishkekda Xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash markazi va Dushanbe shahrida Giyohvandlikka qarshi kurash markazini tashkil etish bo‘yicha uzoq vaqtdan beri muhokama qilinayotgan takliflarni eslab o‘tdi. Uning aytishicha, bu tuzilmalar nafaќat rasmiy maqomga, balki haqiqiy vakolatlarga, resurslarga va tezkor hamkorlik mexanizmlariga ega bo‘lishi zarur.

E.Aripov, shuningdek, Xitoydagi anjumanda O‘zbekiston Prezidenti tomonidan Dehli sammitida ilgari surilgan Ekstremistik mafkuraga qarshi kurashish bo‘yicha 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan dasturni qabul qilish muhimligini ta’kidladi.

Ikkinchidan, Afg‘oniston masalasida SHHTning kelishilgan yondashuvlarini ishlab chiqish kerak, chunki bu mamlakatdagi vaziyat mintaqa barqarorligi va xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. "Biz oldingi xatolarni takrorlamasligimiz lozim — yakkalanish faqat ijtimoiy-iqtisodiy ahvolni yomonlashtirib, buzg‘unchi kuchlarning faollashuvi uchun sharoit yaratadi", deya ta’kidladi direktor. Shu nuqtai nazardan, u sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va umumiy strategiyani ishlab chiqish maqsadida SHHT — Afg‘oniston aloqa guruhining faoliyatini qayta yo‘lga qo‘yishni taklif etdi.

So‘zining yakunida Eldor Aripov hozirgi sharoitda birdamlikning zaiflashishiga yo‘l qo‘ymaslik, Shanxay ruhi va SHHTning bloklarga qo‘shilmaslik maqomini saqlab qolish muhimligini ta’kidladi.
"Tashkilot mintaqaviy xavfsizlikning yangi arxitekturasini shakllantirishda yetakchi kuchga aylanish uchun barcha zarur salohiyatga ega", — deya ta’kidladi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

O‘zbekistonliklar va turkmanistonliklarning qarshiligiga qaramay Rog‘un GES qurilishi davom etadi

Жаҳон банки шикоятни рад этишни ички қоидаларга асослаган

Turkiya Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualarini qaytarmoqchi

Вашингтон Анқарадан Россия ҳарбий техникасидан воз кечишни талаб қилмоқда.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Gvardiola Husanov sariq kartochka olgan vaziyat haqida fikr bildirdi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Брентфорд» устози Кейт Эндрюснинг биринчи бўлимида Абдуқодир Ҳусанов майдондан четлатилиши керак эди, деб ҳисоблаётгани ҳақида ўз фикрларини билдирди.

Putin Ukrainaga dahshatli ogohlantirish berdi

Бу ҳақда The Daily Express нашри хабар берди.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.