O‘zbekistonda hokim yordamchilari bir yilda 300 dan ortiq korrupsiyaga oid jinoyatlar qildi

A A A
O‘zbekistonda hokim yordamchilari bir yilda 300 dan ortiq korrupsiyaga oid jinoyatlar qildi

Joriy yilning 20 yanvar kuni AOKAda Korrupsiya qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2024 yilda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, davlat byudjeti mablag‘larining samarali sarf etilishini nazorat qilish, davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, xalqaro hamkorlik ko‘lamini kengaytirish yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida qisqacha axborot berildi.

2024 yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 8 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Xususan:

O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Ushbu qonun bilan shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini bajarmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi;

– O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qo‘shimchalar kiritilib, qonun bilan sport sohasida korrupsiyaviy huquqbuzarlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilimlarini uzluksiz oshirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi» elektron platformasini ishga tushirish belgilandi;

Vazirlar Mahkamasining “2024 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, fuqarolik, oila, axborot va axborotlashtirish, ta’lim, fan va madaniyat to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish rejalari tasdiqlandi;

Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni ta’minlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi;

– «Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi» elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi;

– Mavjud manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi xabarnoma, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklarasiyalar va manfaatlar to‘qnashuvini hisobga olish reestrining namunaviy shakllari tasdiqlandi.

2. Davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida korrupsiyaning kelib chiqishiga sabab bo‘layotgan omillar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rildi.

Jumladan:

Davlat xaridlari sohasida xaridlar hajmini qismlarga bo‘lish orqali amalga oshirilganligi, tender savdolarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi;

Sog‘liqni saqlash sohasida ishga qabul qilishda shaffof tizim yaratilmaganligi, tibbiyot muassasalarida byudjet mablag‘larining talon-toroj qilinayotganligi;

Madaniyat sohasida milliy seriallarni yaratish uchun telekanallarga subsidiya berishning aniq tartib-taomillarning belgilanmaganligi;

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarda jinoyat ishining surishtiruv va tergov jarayonida hamda ehtiyot chorasini tanlash jarayonida yengillik qilish evaziga ta’magirlik holatlari sodir etilayotganligi;

Qurilish sohasida inson omilini imkon qadar istisno etadigan raqamlashtirish ishlari sust olib borilayotganligi, qurilish ob’ektlarida nazoratning yetarli darajada emasligi;

Ilmiy daraja olishda plagiatga yo‘l qo‘yish, tanish-bilishchilik munosabatlaridan foydalanish tizimida raqamlashtirish, nazorat va javobgarlik mexanizmlarining yaratilmaganligi;

Avtomobil yo‘llari sohasida davlat xizmatchilarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilganligi kabi korrupsiyaviy xavf-xatarlar aniqlanib, ularni minimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

3. Manfaatlar to‘qnashuvi, davlat xaridlari, davlat organlarining ochiqligi hamda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha hududlar va sohalar kesimida o‘rganishlar o‘tkazilib, aniqlangan qonunbuzilishilarni bartaraf etish yuzasidan vazirlik va idoralarga 408 ta taqdimnoma kiritildi.

Taqdimnomalar natijasida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 85 nafar shaxsga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qo‘llanildi, 234 ta holatda jami 263,9 mlrd. so‘mlik xaridlar bekor qilinib, noqonuniy davlat xaridlari o‘tkazilishining oldi olindi.

Bundan tashqari, o‘rganishlar natijasida aniqlangan qonunbuzilishi holatlariga huquqiy baho berish uchun 293 ta materiallar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilib, ular asosida Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan umumiy 28 ta jinoyat ishi va 104 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida jami 222,7 mlrd. so‘mlik moddiy zararning davlat byudjetiga qaytarilishi yuzasidan qarorlar qabul qilingan.

Ommaviy axborot vositalarida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘yilayotganligi yuzasidan e’lon qilingan 55 ta xabarlar o‘rganilib, ularning 25 tasi bo‘yicha davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlarining mavjudligi hamda 5 tasida davlat xizmatchilari tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlandi va qonunbuzilishi holatlari bartaraf etildi.

Davlat idoralari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tuzilmalari faoliyati takomillashtirilib, 74 ta davlat idorasi «Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi» bo‘yicha ISO xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi.

Korrupsiyaning oldini olish mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb etgan holda 852 nafar ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasi oshirildi.

23 ta davlat organlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari rahbarlari ochiq tanlov asosida ishga qabul qilindi.

123 ta davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya haqida xabar berishga mo‘ljallangan aloqa kanallari tashkil etildi.

Davlat idoralarining funksiyalaridagi korrupsiya xavf-xatarlar darajasi baholashdan o‘tkazilib, 101 ta davlat organlari va tashkilotlarining 7 525 ta funksiyalaridan 495 tasi korrupsiya xavf-xatar darajasi “yuqori”, 1 541 tasi “o‘rta”, 5 489 tasi “past” baholandi va Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reestri shakllantirildi.

Korrupsiya darajasi yuqori bo‘lgan 495 ta funksiyalarning 172 tasida raqamlashtirish, 67 tasida amaldagi ichki idoraviy hujjatlarni takomillashtirish

yoki yangisini qabul qilish orqali, 62 tasida qo‘shimcha nazorat mexanizmlarini joriy qilish, 42 tasida ochiqlikni ta’minlash, 152 tasida xodimlarni o‘qitish va malakasini oshirish orqali minimallashtirish choralari ko‘rilmoqda.

Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi reyting baholanib, 95 ta tashkilotning 42 tasi “yaxshi”, 38 tasi “qoniqarli” va 15 tasi “qoniqarsiz” deb topildi.

“Qoniqarsiz” baholangan rahbarlarining hisobotlari eshitilib, tanqidiy muhokama qilindi.

Ochiqlikka oid qonun hujjatlari talablarini buzgan 5 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.

Davlat idoralari faoliyati ochiqligi darajasini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi shakllantirilib, uning doirasida 103 ta davlat organlarining 31 tasi “yashil”, 43 tasi “sariq” va 29 tasi “qizil” baholandi hamda bu tizim orqali barcha darajadagi rahbar xodimlarning ochiqlikni ta’minlash sohasidagi mas’uliyati oshirildi.

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun tatbiq etiladigan davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ro‘yxatga 27 ta respublika darajasidagi davlat organi va tashkiloti, 71 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organi, 10 ta davlat maqsadli jamg‘armasi, viloyatlar va tuman-shahar hokimliklari, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan 49 ta xo‘jalik jamiyatlari, unitar korxonalari kiritildi.

Davlat xizmatida yuzaga keladigan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari, ularni bartaraf etish choralari bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.

Qonun kuchga kirgunga qadar unda belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalar davlat organlari va tashkilotlarida ishchi guruhlar tuzgan holda o‘rganildi.

O‘rganishlarda 182 nafar mansabdor shaxsning yaqin qarindoshlari bevosita bo‘ysunuvida yoki nazorat ostida ishlayotganligi, 1 513 nafar xodimning davlat xizmati bilan bir vaqtda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi bilan bog‘liq manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanib, bartaraf etildi.

Davlat idoralari va tashkilotlarning 95 600 nafardan ortiq xodimi test sinovlarini topshirdi, 85 581 nafar xodimi o‘qitildi.

«E-anticor.uz» elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushirildi.

2024 yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etish holatlarining kamayishiga erishildi.

Xususan, 2024 yilda Respublika bo‘yicha jami 6 898 nafar shaxs tomonidan
5 716 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, 2023 yilga nisbatan korrupsiyaga oid jinoyatlar “Hududgazta’minot” AJ, Suv xo‘jaligi, mahalliy hokimliklar hamda bank sohasida kamaygan.

Biroq oliy ta’lim, transport hamda qishloq xo‘jaligida oshgan.

Maktabgacha va maktab ta’limi, sog‘liqni saqlash, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohalarida korrupsiyaga oid jinoyatlar salmog‘i yuqoriligicha saqlanib qolmoqda.

Misol uchun: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimida 2024 yilda 309 ta korrupsiyaga oid jinoyatlar hokim yordamchilari faoliyati bilan bog‘liq holda sodir etilgan.

Hududlar kesimida korrupsiyaga oid jinoyatlar Toshkent viloyatida,Toshkent shahrida va Samarqand viloyatida eng ko‘p sodir etilgan va aksincha, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarida korrupsiyaviy jinoyatlar kam sodir etilgan.

Agentlikka 2024 yil davomida jami 4 176 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat maxalliy hokimliklarga 55 ta so‘rovnoma yuborilgan, qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 41 ta taqdimnoma kiritilgan, 7 nafar shaxs intizomiy javobgarlikka tortilgan, shundan 1 nafari bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 19 ta qabul qilingan qarorlar bekor qilingan, 6 ta jinoyat ishi, 10 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari ko‘rilgan.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani, Jizzax viloyatining Jizzax shahri, Buxoro viloyatining Vobkent tumanida “Shaffof shaharlar”, “Halol tumanlar” loyihasi ishga tushirildi.

Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish bo‘yicha 10 dan ortiq seminar-trening tadbirlari NNTlar uchun 2 ta grant loyihalariga tanlov e’lon qilindi.

Agentlik tomonidan nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Aksilkorrupsiya laboratoriyasi” loyihasi doirasida “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bilimini baholashda nohalollik va korrupsiya omillari”, “Akusherlik xizmatlarini ko‘rsatishda nohalollik va korrupsiya xavflari”, “Maktabga qabul qilishda korrupsiya xavfini kamaytirish bo‘yicha tavsiyalarning bajarilishini monitoring qilish” hamda “Ipoteka krediti uchun subsidiya ajratish jarayonida korrupsiya xavflari” mavzularida tadqiqotlar o‘tkazildi.

Aholini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha islohotlar haqida xabardor qilish maqsadida mahalliy va xorijiy OAV, ijtimoiy tarmoqlarda 1 600 dan ortiq materiallar e’lon qilindi, matbuot anjumani va brifinglar o‘tkazildi.

Agentlik tomonidan 327 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazilib, natijalariga ko‘ra 327 ta loyihaning 71 foizida yoki 233 tasida 676 ta korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar aniqlandi va ularni bartaraf etish choralari ko‘rildi.

Xalqaro hamkorlik yo‘nalishida Oliy Majlis palatalarining vakillari Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Parlamentariylar Global tashkiloti a’zoligiga a’zo bo‘ldi.

Toshkent shahrida ilk marotaba korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida Media forum bo‘lib o‘tdi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida hamkorlik qilish va tajriba almashish tizimini yaratish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Toshkent shahrida Markaziy Osiyo Mintaqaviy platformasi ishga tushirildi.

Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik munosabatni shakllantirish maqsadida BMTning korrupsiyaga qarshi ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish global resursi (GRACE) dasturini O‘zbekistonda keng joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.

2024 yilda xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari bilan hamkorlikka oid 4 ta hamkorlik to‘g‘risida bitim va Memorandum imzolandi.

Xalqaro hamkorlar bilan 55 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazilib, xalqaro ekspertlar ishtirokida 12 ta seminar trening hamda 3 ta xalqaro Forum tashkil etildi.

2024 yilda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda 4 ta qo‘shma loyiha ishga tushirildi.

Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi ishlab chiqildi.

IHTTning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish tarmog‘i Istanbul harakatlar rejasi doirasida 5-bosqich monitoringi o‘tkazildi va O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi siyosati 83.6 ball bilan Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yuqori baholandi.

2025 yilda ham mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi davlat siyosati izchil davom ettiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.