O‘zbekistonda eng ko‘p qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ygan vazirlik va tashkilotlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda  eng ko‘p qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ygan vazirlik va tashkilotlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston prezidentining qator farmonlari asosida davlat xizmatlari ko‘rsatish tartiblariga rioya etilishi holati respublika miqyosida o‘rganildi.

O‘rganish natijasida quyidagi vazirlik va idoralar tomonidan qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilmagan holda fuqarolar hamda tadbirkorlardan davlat xizmatlari ko‘rsatilishida hamda ishga qabul qilish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab qilinganligi aniqlandi:

  • - Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 50 dan ortiq;
  • - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi – 20 dan ortiq;
  • - Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi – 20 dan ortiq;
  • - «O‘zsuvta’minot» AJ – 600 dan ortiq;
  • - «Hududgazta’minot» AJ – 300 dan ortiq;
  • - «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ – 40 dan ortiq.

Adliya vazirligi tomonidan mazkur qonunchilik hujjatlarining buzilishiga yo‘l qo‘yganligi yuzasidan yuqoridagi vazirlik va tashkilotlarga nisbatan taqdimnoma hamda ogohnoma ta’sir choralari qo‘llanildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!