O‘zbekistonda AKT va tarmoq iqtisodiyotining rivojlanish darajasi

O‘zbekistonda AKT va tarmoq iqtisodiyotining rivojlanish darajasi

4️⃣Tarmoqqa tayyorlik indeksi - dunyo mamlakatlarida axborot-kommunikasiya texnologiyalari va tarmoq iqtisodiyotining rivojlanish darajasini tavsiflovchi kompleks ko‘rsatkichdir. Indeks 4 ta asosiy guruhga (texnologiya, odamlar, boshqaruv, ta’sir) bo‘linadi va AKT rivojlanish darajasini 62 ta mezon bo‘yicha baholaydi.

📈Ta’kidlanishicha, har bir mamlakatning innovasion va texnologik salohiyatining eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu texnologiyaning rivojlanish darajasi, mamlakat iqtisodiyotining yildan-yilga tobora kuchayib borayotgan raqamli transformasiyalar sharoitida rivojlanish qobiliyatidir.

🇺🇿O‘zbekiston ushbu reytingga birinchi marta 2023 yilda kirdi va reytingda 134 ta mamlakat orasida 44,9 ball bilan 82-o‘rinni egalladi.

📊O‘zbekiston daromadi darajasi o‘rtadan quyi bo‘lgan davlatlar guruhida 10-o‘rinni egallaydi. Ishlash ko‘rsatkichlariga kelsak, u to‘rt darajaning har biri uchun o‘rtacha daromad guruhidan yuqori ballga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!