O‘zbekistonda aholini zilzila paytida to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan mobil ilova yaratilgan

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan zilzilada aholining barcha qatlamini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishga mo‘ljallangan mobil ilova (Zilzila Mobile) yaratilgan.
Ushbu yangi mobil ilova keng jamoatchilik tomonidan bepul yuklab olish uchun Google Play (Play Market) platformasiga (Zilzila Mobile) nomi bilan joylashtirilgan.
Zilzilada aholi barcha qatlamlarini to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan interaktiv mobil ilovadan foydalanish uchun Play Market platformasidan ushbu mobil ilovani Android tizimda ishlovchi mobil telefonlarga yuklab olish talab etiladi.
Yuklab olingan ilova o‘rnatilganidan so‘ng foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan til tanlanadi. Ilovada uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) ishlash imkoniyati yaratilgan.