O‘zbekistonda 274 million dollarga neft-kimyo klasteri yaratilmoqda

O‘zbekistonda 274 million dollarga neft-kimyo klasteri yaratilmoqda

O‘zbekiston-Eronning Petrochem Sepehr kompaniyasi Buxoro viloyatida neft-kimyo klasterini qurmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Loyiha qiymati: 274 million dollar.

Klaster hududida pentan, geksan, benzol, toluol, dimetil karbonat, ammoniy bikarbonat, kaustik soda, kaliy sulfat va boshqa kimyoviy moddalar ishlab chiqaradigan 10 dan ortiq korxona ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Loyihaning birinchi bosqichi 2024 yil sentyabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!