O‘zbekiston va Tojikiston OTM o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi

O‘zbekiston va Tojikiston OTM o‘rtasida 30 ga yaqin hujjat imzolandi

O‘zbekiston-Tojikiston rektorlar 1-forumi doirasida ikki davlat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida 30 ga yaqin bitim, anglashuv memoradumi va yo‘l xaritalari imzolandi.

Ularda Tojikiston oliy o‘quv yurtlari bilan kimyo texnologiya, energetika, mashinasozlik, sanoat texnologiyasi, biotexnologiya, irrigasiya va suv resurslari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot, farmakologiya, farmasevtika kabi sohalarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunga qadar ikki davlat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik bo‘yicha 65 dan ortiq shartnoma va memorandum mavjud. Ayni paytda yurtimizning 5 ta oliy o‘quv yurtida ta’lim tojik tilida olib boriladigan maktab, lisey va oliy o‘quv yurtlari uchun kadrlar tayyorlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!