O‘zbekiston va Tojikiston Bosh prokurorilarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Tojikiston Bosh prokurorilarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegasiya Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari Bosh prokurorlarining Muvofiqlashtiruvchi kengashining 31-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Mazkur tadbir doirasida O‘zbekiston va Tojikiston Bosh prokurorlarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda tomonlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdilar. Tojikiston Respublikasi Bosh prokurori O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga rasmiy tashrif bilan Dushanbe shahriga borishni taklif qildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan Tojikiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik Dasturi imzolandi. Ushbu hujjat 2018 yil 6 fevralda Toshkent shahrida imzolangan ikki davlat Bosh prokuraturalari o‘rtasida huquqiy yordam va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim qoidalarining amaliy ijrosini ta’minlashga hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida tajriba almashishga xizmat qiladi.

Tomonlar bo‘lib o‘tgan konstruktiv muloqot samarali o‘tganligini ta’kidladilar va o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirishga tayyorliklarini bildirdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!