O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yirik logistika markazi quriladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yirik logistika markazi quriladi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida 50 gektar maydonni egallovchi “Bay-Talaa globa” logistik markazi quriladi. Uning tarkibidan omborlar, ulgurji va chakana savdo bozori, agrosanoat majmuasi o‘rin oladi.

Markazning o‘zi savdo-logistika xab sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Asosiy vazifasi — O‘zbekiston va Qirg‘izistondan mahsulotlarni eksport qilish. Uning yordamida yuk oqimlarini Qirg‘iziston orqali osongina MDH davlatlari va Xitoyga yuborish mumkin.

Xab Namangan, Andijon va Toshkent viloyatlari chegarasidagi qulay o‘rinda joylashgan. Markaz 2023 yilning yozidan ish boshlashi rejalashtirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!