O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzdi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzdi

O‘zbekiston va Janubiy Koreya kosmosni o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzdi, deb xabar berdi Dunyo axborot agentligi.

Seulda, 15 fevral kuni O‘zbekiston elchixonasi rasmiylari kosmik mavzudagi muzokaralar uchun Janubiy Koreya aerokosmik tadqiqotlar instituti xodimlari va Si Imaging Services vakillari bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda ta’kidlanishicha, pandemiyaga qaramay, Janubiy Koreyaning Fan va axborot-kommunikasiya texnologiyalari vazirligi bilan O‘zbekiston Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi va "O‘zbekkosmos" o‘rtasidagi hamkorlik to‘xtamadi. Bunday muzokaralarning bir necha bosqichlari bo‘lib o‘tdi.

Tashkil etilgan ishchi guruhning videokonferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan.

2020 yil oxirida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tinchlik bilan kosmik tadqiqotlar sohasida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo hujjat qabul qilindi. Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi aytishicha, shartnoma 2021 yilda imzolanishi kerak.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!