O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Janubiy Koreya bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Janubiy Koreya bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlariniJanubiy Koreyada o‘tkazayotganidan xabaringiz bor. Vakillarimiz bir necha daqiqa oldin mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

O‘yin davomida hamyurtlarimiz tomonidan kiritilgan yagona golga Alisher Odilov mualliflik qildi. U 50-daqiqada koreyaliklar darvozasiga yo‘l topa oldi.

Maydon egalari bu golga 88-daqiqda Xvon Heokyuning goli bilan javob qaytardi. Yakuniy hisob - 1:1

Eslatib o‘tamiz, tomonlar 26 sentyabr kuni yana bir uchrashuv o‘tkazishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!