O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadi

O‘zbekiston, Turkiya va Ozarbayjon ilk bor uch tomonlama muzokara o‘tkazadi

Bu haqda dushanba kungi brifingda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

«Davlatimiz rahbarining Turkiya va Ozarbayjon respublikalari prezidentlari kelishuvlariga muvofiq, mazkur haftada ilk bor Toshkent shahrida O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon tashqi ishlar, savdo hamda transport vazirlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bu mutlaqo yangi mexanizm» — dedi u.

Ta’kidlanishicha, muzokaralar kun tartibidan mintaqalararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, investisiyalar, innovasiyalar, transport-kommunikasiya sohalarida hamkorlik istiqbollarini belgilash o‘rin olgan. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev tadbirda ishtirok etadigan Turkiya TIV rahbari Mavlut Chavushog‘li va Ozarbayjon TIV rahbari Jeyhun Bayramovni ham qabul qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!