O‘zbekiston termasi kuchlimi, Yaponiya? Mirjalol Qosimov javob berdi

O‘zbekiston termasi kuchlimi, Yaponiya? Mirjalol Qosimov javob berdi

Osiyo Kubogining 3-tur doirasidagi Yaponiya - O‘zbekiston uchrashuvi oldidan terma jamoamizning sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov futbolchilarimizning o‘yini va ishtiroki haqida fikr bildirdi. Bu haqda uz24.uz yozmoqda.

Mirjalol Qosimov: Terma jamoamiz pley-off bosqichi masalasini hal etib bo‘ldi. Musobaqada yaxshi start olish muhim. Birinchi o‘yin esa tabiiyki doimo qiyin kechadi. Ayniqsa Osiyo Kubogi sensasiyalar bilan boshlangani uchun ham baribir ko‘pchilik dastlabki uchrashuvni havotir bilan kutgandi. Ummonga qarshi bahsda jamoamiz muxlislar kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Lekin muhim g‘alaba tantana qilindi. Ikkinchi turda esa nafaqat natija, balki o‘yindan ham ko‘pchilik xursand bo‘ldi. Terma jamoamiz o‘yindan-o‘yinga qo‘shib, kuchayib bormoqda. Aynan shu tempda davom etish kerak. Bu kabi musobaqada jamoa o‘yini kuchayib borishi juda muhim.

Yaponiyaga qarshi o‘yin bo‘lajak o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, biz F guruhidamiz va bo‘lajak ehtimoliy raqiblarimiz bilan tanishib chiqqan holda o‘yinga kirishamiz. O‘ylashimcha, murabbiylar shtabi barcha detallarni inobatga olgan holda mazkur bahsga o‘ziga xos reja asosida yondoshishadi. Kuperda A va B rejasi bor deb o‘ylayman. Shundan kelib chiqqan holda tajribali mutaxassis ikkita rejadan birini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shu taraflama F guruhidan o‘rin olganimiz yaxshi bo‘ldi. Muhimi, terma jamoamiz o‘yindan-o‘yinga kuchayib borishi lozim.

Yaponiya haqida gapiradigan bo‘lsam, bu jamoa har doim Osiyoda eng kuchlilar qatorida bo‘lib kelgan. Ochig‘i, AGMK mashg‘ulotlari tufayli Yaponiyaning barcha o‘yinlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lmadim. Turkmanistonga qarshi bellashuvning ikkinchi taymini ko‘rdim. Shunisi aniqki, samuraylar doimo jamoaviy o‘yinga asoslangan futbol ko‘rsatishni xush ko‘rishadi. Garchi individual ijrochilari ko‘p bo‘lsada, ulardan yaxlit bir kuchli jamoa tuziladi. Yaponiya termasining kuchli jihati aynan jamoaviy hamjihatligida. Chiziqlar o‘rtasidagi bog‘liqlik ham mukammal ishlaydi.

Yaponiya Osiyo Kubogiga o‘zining asosiy tarkibini emas, balki kelajakni o‘ylagan holda Tokio-2020da qatnashadigan yosh toifadagi futbolchilarni olib kelgan va ular orqali yangitdan jamoa tuzilmoqda. Yosh iste’dodlar atrofida esa 5-6 nafar malakali futbolchilar jamlangan. Yaponiya terma jamoasi murabbiylar shtabi ham biz kabi ehtimoliy raqiblari kim bo‘lishini bilgan holda shunga qarab o‘yinni tashkillashtirishadi.

Hozirgi Yaponiya va O‘zbekiston termalarini taqqoslaydigan bo‘lsak, milliy jamoamiz kuchli .


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!