“O‘zbekiston temir yo‘llari” Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy qatnovlarga chegirmalarini e’lon qildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy qatnovlarga chegirmalarini e’lon qildi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan 2022 yil 1–4 sentyabr kunlari ichki yo‘nalishlarda yo‘lovchi poyezdlari tarif qismidan kiritilgan chegirmalar joriy etilmoqda.

  • Nafaqaxo‘rlar, nogironlar, 1941-1945 yil urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolarga chiptaning tarif qismidan – 50%;
  • Oliy o‘quv yurtlarining talabalari, maktab o‘quvchilari, kollej va lisey talabalari, IIV, MV, DXX, DS, DB maxsus ta’lim muassasalari talabalariga chiptaning tarif qismidan – 15%;
  • Oilaviy bo‘lib poyezdga chiqsa (ikki yoki undan ortiq kishi – eri va rafiqasi, eri yoki rafiqasi va 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari, otasi yoki 18 yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan ona) (nikoh guvohnomasi taqdim etilgan holda) chiptaning tarif qismidan – 15%;
  • Bir jamoa, guruh bo‘lib poyezdga chiqsa (yo‘riqnoma asosida 4 nafar va undan ortiq kishiga) chiptaning tarif qismidan – 15%;
  • "Afrosiyob" tezyurar elektropoyezdlarida barcha toifadagi yo‘lovchilarga chiptaning tarif qismidan – 10%.

IZOH: Imtiyozli bo‘lgan chiptalarni faqat temiryo‘l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, "Uzbekistan Airways" Mustaqillik bayrami munosabati bilan mahalliy aviaqatnovlarga 50 foiz chegirma e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!