O‘zbekiston shaxmatchilari jahon chempionatida chorakfinalga chiqdi

O‘zbekiston shaxmatchilari jahon chempionatida chorakfinalga chiqdi

Isroilning Quddus shahrida shaxmat bo‘yicha milliy jamoalar o‘rtasida FIDE jahon chempionati davom etmoqda.

O‘zbekiston shaxmatchilari guruh bosqichining so‘nggi turida Polsha milliy jamoasi bilan 2-2 hisobida durangni qayd etishdi. Bu natija shaxmatchilarimizga B guruhida 1-o‘rin bilan chorakfinalga chiqish imkonini berdi.

Avvalroq, o‘zbekistonliklar guruhda AQSh (2,5-1.5), Isroil (2,5-1,5) va Hindistonni (3,5-0,5) mag‘lub etib, Ozarboyjonga (1,5-2,5) yutqazishgan edi.

Chorakfinalda O‘zbekiston milliy jamoasi Ukraina bilan bellashadi. O‘yinlar 23 noyabr kuni o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!