O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi terakt yuzasidan bayonot berdi

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afg‘onistondagi terakt yuzasidan bayonot berdi

"2022 yil 30 noyabr kuni Afg‘onistonning Samangan provinsiyasi Aybak shahrida sodir etilgan terrorchilik xurujini keskin qoralaymiz. "Jihodiya" madrasasida amalga oshirilgan qabih harakat ko‘plab insonlarning, asosan yosh talabalarning qurbon bo‘lishiga olib keldi.

Yana bir bor shuni ma’lum qilamizki, bunday zo‘ravonlik harakatlari keskinlikning kuchayishiga sabab bo‘lib, Afg‘onistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishga, shuningdek, milliy kelishuvga erishishga to‘sqinlik qiladi", — deyiladi vazirlik bayonotida.

Shuningdek, O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarning tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Terakt 30 noyabr kuni Afg‘onistonning Aybak shahrida sodir etildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, teraktda 23 kishi halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!