O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumida 500 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

O‘zbekiston-Ozarbayjon biznes-forumida 500 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Toshkentda Ozarbayjon prezidenti tashrifi oldidan O‘zbekiston - Ozarbayjon biznes forumi bo‘lib o‘tdi. Ikkala tomondan 100dan ortiq vakillar ishtirok etishdi.

Forum yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 500 mln $dan ortiq qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha qator bitimlar, shuningdek, ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida amaliy hamkorlik to‘g‘risida 10 ta kelishuv imzolandi.

Tadbir dasturi doirasida “B2B” va “G2B” tarzida panel munozaralari o‘tkazildi, unda o‘zbek va ozarbayjon biznes vakillari aniq loyiha takliflari asosida biznes hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!