O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi top-10 mamlakatlar qatoriga kirdi

O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi top-10 mamlakatlar qatoriga kirdi

O‘zbekiston oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi 10 mamlakat qatoriga kirdi. Bu haqda Forbes`ning Butunjahon Oltin Kengashi ma’lumotlariga asoslangan maqolasida ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2020 yilda O‘zbekistonda birinchi marta 100 tonnadan ziyod (101,6 tonna) oltin qazib olindi. Bu orqali O‘zbekiston butunjahon reytingida 8-o‘rinni egallab turgan Peruning o‘rnini egalladi. 2019 yilda O‘zbekiston 94,6 tonna oltin qazib olgan edi.

Forbes nashri O‘zbekistonda dunyodagi eng yirik ochiq oltin koni — «Muruntov» koni haqida ham aytib o‘tdi. Nashr ushbu kon dunyodagi eng yirik oltin zaxirasi bo‘lishi mumkinligini ham qayd etdi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kitco e’lon qilgan 2020 yildagi oltin qazib olish bo‘yicha dunyodagi eng katta konlar ro‘yxatida Navoiy viloyatida joylashgan «Muruntov» koni birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar berilgan.

Reytingda 1-o‘rinni o‘tgan yili 368,3 tonna oltin qazib olgan Xitoy egalladi. Keyingi o‘rinni Rossiya (331,1 tonna), 3-o‘rinni Avstraliya (327,8 tonna) egalladi.

Kuchli o‘nlikdan AQSh (190,2 tonna), Kanada (170,6 tonna), Gana (138,7 tonna), Braziliya (107 tonna), Meksika (101,6 tonna) va Indoneziya (100,9 tonna) mamlakatlari joy oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!