O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasiga a’zolar soni 1959 taga yetkazildi

A A A
O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasiga a’zolar soni 1959 taga yetkazildi

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasiga a’zolar soni 1959 taga etkazildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi axborot xizmati rahbari Sayyora Asranova ma’lum qildi.

Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda faoliyat olib borayotgan 147 ta nodavlat notijorat tashkilotiga hududlardagi “Nodavlat notijorat tashkilotlar uyi”ga joylashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar berildi.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda Farg‘ona va Namangan viloyatlaridagi “Nodavlat notijorat tashkilotlar uyi”da 2 ta Axborot-resurs markazi tashkil etildi.

“Madad” NNT bilan hamkorlikda nodavlat notijorat tashkilotlariga huquqiy ko‘mak va konsultativ maslahatlar berish uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbirini tashkil etib kelmoqda. O‘tgan birinchi chorak davomida Respublikamiz bo‘ylab 23 ta ana shunday tadbirlar tashkil etildi. Unda 197 ta NNT vakillaridan kelgan murojaatlarga javob berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!