O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarning o‘rni qanday?

O‘zbekiston iqtisodiyotida xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalarning o‘rni qanday?

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari xorijiy investisiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalar mamlakat iqtisodiyotida qanday rol o‘ynashini tahlil qildi.
Tadqiqot mamlakatimiz iqtisodiyotida xorijiy investisiyalar ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning ahamiyati ortib borayotganini ko‘rsatdi.

2017-2021 yillar oralig‘ida xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar soni 2,7 baravarga oshib, 2022-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, 13,2 mingtaga yetgan.

Iqtisodiyotimizga investisiya kiritayotgan 50 dan ortiq mamlakat orasida Xitoy, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Janubiy Koreya yetakchilik qilmoqda.
Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar asosan iqtisodiyotning sanoat (30,6%) va savdo (28,5%) sohalarida faoliyat yuritmoqda.

Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda iqtisodiyotda rasman band aholining 6% i faoliyat yuritadi, biroq ushbu korxonalarning ishlab chiqarishdagi ulushi 15% ni, asosiy kapitalga investisiyalardagi ulushi esa 24% ni tashkil etadi.
Bunday korxonalar respublikadagi jami korxonalarning 2,5% ini tashkil etsada, 2021-yilda mamlakat tashqi savdo aylanmasining 19,8% i, eksport va importning mos ravishda 19,7%i va 25%i ularning hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Tahlil shuni ko‘rsatmoqdaki, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sub’ektlarining eng samarador va eng faol qatlami hisoblanadi.
2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga ko‘ra, kelgusi 5 yilda iqtisodiyotga 70 milliard AQSh dollari miqdorida xorijiy investisiyalarni jalb etish hamda 2026-yilga borib, eksport hajmini 30 milliard AQSh dollariga yetkazish maqsad qilingan.

Ushbu maqsadlarga erishishda chet el investisiyalari ishtirokidagi korxonalar sonini oshirish, shuningdek, ularning eksport faoliyatini rag‘batlantirish muhim ahamiyatga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!