O‘zbekiston internet tezligi reytingida 37 pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekiston internet tezligi reytingida 37 pog‘onaga ko‘tarildi

O‘zbekistonda 5 gigabaytlik fayl o‘rtacha 6,64 Mbit/s tezlikda yuklab olinadi. Bu haqda telekommunikasiya xizmatlari provayderlarini taqqoslashga ixtisoslashgan Britaniyaning Cable.co.uk nashri hisobotida ma’lum bo‘ldi. Mamlakat 224 davlat orasida 166- o‘rinniegalladi .

MDH davlatlari orasida 66-o‘rinni egallagan Rossiya eng yaxshi ko‘rsatkichni ko‘rsatmoqda, Ukraina (77-o‘rin) va Belarus (92-o‘rin) navbatdagi uchlikni egallagan.

Reytingga ko‘ra, Turkmaniston internet tezligi bo‘yicha oxirgi o‘rinni egalladi. U 224 o‘rinni oldi. Turkmanistonda besh gigabaytlik faylni yuklab olish uchun atigi 22 soat 34 daqiqadan ko‘proq vaqt ketadi.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda O‘zbekiston internet tezligi reytingida 189 davlat orasida 178 o‘rinni egallagan. 2018 yilda mamlakat reytingda biroz yuqoriga ko‘tarilib, 200 mamlakat ichida 184 o‘rinni egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!