O‘zbekiston hududiy aeroportlarida parvozlar xavfsizligi holati o‘rganildi

O‘zbekiston hududiy aeroportlarida parvozlar xavfsizligi holati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshirig‘ini bajarish hamda Fuqaro aviasiyasi obektlaridagi haqiqiy vaziyatni o‘rganish maqsadida “O‘zaviasiya” agentligi direktorining o‘rinbosari, Nukus xalqaro aeroportida parvozlar xavfsizligi holatini joyiga chiqib o‘rgandi.

Aeroportning parvozlar xavfsizligini ta’minlaydigan obektlariga tashrif buyurish davomida ayerodrom, meteorologiya, aeronavigasiya, radiotexnika va yorug‘lik signallarini ta’minlash, havo harakatini boshqarish, qidirish va qutqarish, shuningdek aviasiya xavfsizligi bo‘yicha ishlarning holati o‘rganildi.

Shuningdek, ayeroport xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda xodimlarining muammoli va shaxsiy masalalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentyabrdagi
PF-158-son farmonini amalga oshirish bo‘yicha fuqaro aviasiyasiga oid “O‘zbekiston-2030” strategiyasi masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha ayeroportning boshqaruv tarkibi ishtirokida brifing o‘tkazildi, unda aniqlangan kamchiliklar va muammoli masalalar muhokama qilindi va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!